Mariam Mamadashvili (, 16-noyabr 2005-yilda tugʻilgan) gruzin qoʻshiqchisi. U „Yevrovidenie — Bolalar tanlovi 2016“ gʻolibi boʻlgan, unda u „Mzeo“ qoʻshigʻi bilan Gruziya sharafini himoya qilgan. Mariam Mamadashvili 2015-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib oʻtgan.
Hayoti Mamadashvili toʻrt yoshidan boshlab sahnaga chiqa boshlaydi. U Gruziyadagi Bzikebistudio studiyasida va Evgeni Mikeladze nomidagi Markaziy davlat musiqa maktabida tahsil olgan. Amerika Qoʻshma Shtatlariga koʻchib oʻtgach, u Tomlinson oʻrta maktabi va Broadway Method Academyda oʻqigan va hozir Konnektikut shtatining Fairrfield shahrida yashaydi.
Mariam Mamadashvili 2023-yilda Fairfield Warde oʻrta maktabini tamomlagan va hozir Sacred Heart universitetida biznes yoʻnalishi boʻyicha tahsil olmoqda.
Diskografiya NomiYiliAlbom „The Butterfly“ 2014 Albomga kirmagan yakkaxon qoʻshiqlar „Mzeo“ 2016 „Circles“ 2017 „This Is Our Day“ 2022
Manbalar
Turkum:Gruziyalik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Yoshlar oʻrtasidagi Eurovision qoʻshiq tanlovi gʻoliblari