Veronika Erjavec (1999-yil 30-dekabrda tugʻilgan) — sloveniyalik professional tennischi. WTA reytingida 2026-yil 16-martda yakkalik bahslari boʻyicha sport faoliyatidagi eng yuqori natija — 91-oʻrinni qayd etgan, juftlik yoʻnalishida esa eng yaxshi natijasi — 101-oʻrin boʻlib, bu natijaga 2025-yil 15-sentyabrda erishgan. Hozirda yakkalik yoʻnalishi boʻyicha Sloveniyaning 1-raqamli tennischisi hisoblanadi.

Erjavec Panna Udvardy bilan birga 2025 Iași ochiq turniri juftlik bahslarida ishtirok etib, WTA Tur doirasidagi ilk unvonini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, sportchi juftlik yoʻnalishida toʻrtta WTA Challenger unvonini ham yutishga muvaffaq boʻlgan.

Sport faoliyati Erjavec 2018-yil iyun oyida Ispaniyaning Tarragona shahrida boʻlib oʻtgan O‘rta yer dengizi o‘yinlarida Sloveniya terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan va musobaqada bronza medalini qoʻlga kiritgan. Bronza medal uchun kechgan bahsda sportchi italiyalik tennischi Luciya Bronzettini magʻlub etishga muvaffaq boʻlgan. Iyul oyida Erjavec xorvatiyalik tennischi Lea Bošković bilan Serbiyaning Prokuplje shahrida oʻtkazilgan musobaqada juftlik yoʻnalishida gʻolib boʻlgan. Sentyabr oyida u Chernogoriyaning Podgoritsa shahrida boʻlib oʻtgan Royal Cup musobaqasining juftlik bahsi finalida ishtirok etgan.

Manbalar

Turkum:1999-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Sloveniyalik ayol tennischilar Turkum:Tennis bo‘yicha Oʻrta yer dengizi o‘yinlari medallari sohiblari