Thatʼs My Name — Ruminiyaning mashhur dance-pop guruhi Akcent tomonidan ijro etilgan va platina darajasiga erishgan singl. Ushbu qoʻshiq guruhning eng muvaffaqiyatli xitlaridan biridir. U Ruminiya va Italiya kabi mamlakatlarning musiqiy chartlarida yuqori pogʻonalarini egallagan. Ruminiyalik DJ va prodyuser Edward Maya tomonidan ishlab chiqilgan. Shu sababli uning mashhur „Stereo Love“ xitiga oʻxshash ohangga ega. Ayniqsa, undagi mashhur akkordeon partiyasi ajralib turadi. U 2010-yilda Yevropada promosingl sifatida chiqarilgan. Akcent guruhi qoʻshiqni turli tadbirlarda ijro etish orqali targʻib qilgan, shuningdek, Hindiston va Pokiston kabi mamlakatlarga tashrif buyurib, klublarda chiqishlar oʻtkazishgan. Qoʻshiq Just Dance: Volume 3 nomli kompilatsion albomga kiritilgan va The Island Def Jam Music Group tomonidan chiqarilgan . „Thatʼs My Name“ tinglovchilar tomonidan iliq kutib olingan. Shuningdek, Ultra Records tomonidan 2010–2012-yillar oraligʻida AQShda ham chiqarilgan.
Eng yuqori oʻrinlar Jadval (2009–2010)Eng yuqorioʻrinlarAlbaniya Singllar Charti1Gretsiya (IFPI)1Iordaniya Singllar Charti1Moldaviya Singllar Charti1Ruminiya (Ruminiya Top 100)2
Manbalar
Turkum:2009-yil qoʻshiqlari Turkum:2010-yil singllari