Hasanvayh (Hasanuya), Hasanvayh al-Kurdiy, shuningdek, Abulfavoris — kurd hukmdori hamda Hasanvayhiylar sulolasi asoschisi, 961-yildan 979-yilgacha hukmronlik qilgan.

Hasanvayh buvayhiylarni Somoniylarga qarshi qoʻllab-quvvatlagan va bu orqali maʼlum darajada kuch orttirish imkoniga ega boʻlgan. Oxir-oqibat, Luriston, Dinovar, Nahavand, Daquq, Shahrizor va Hamadonning katta qismini nazorat qilgan hamda shu darajada qudratli boʻlganki, buvayhiylar uni bezovta qilishdan tiyilganlar. Hasanvayhning taʼsiri hatto Ozarbayjongacha yetib borgan.

Hayoti Hasanvayh Husayn ismli shaxsning oʻgʻli boʻlib, Kurd qabilasi boʻlgan Barzikoniylarga mansub edi. 961-yilda Hasanvayh bir nechta qal’alarni egallashga muvaffaq boʻlib, shu tariqa Hasanvayhiylar sulolasiga asos soldi. Hamadondagi Buvayhiylar hokimi Sahlon ibn Musofir hamda buvayhiylar vaziri Abulfadl ibn al-Amidga qarshi muvaffaqiyatli kurashdi. 970-yilda Abulfazlning vorisi bilan kelishuvga erishib, unga koʻra yiliga dinor toʻlash evaziga mustaqilligi tan olinishiga erishdi. 976-yil 16-sentyabrda Jibaldagi buvayhiylar hukmdori Rukn ud-Davla vafot etdi. Uning oʻlimidan soʻng Iroqdagi Buvayhiylar hukmdori Izz ud-Davla Rukn ud-Davlaning oʻgʻli Adud ud-Davladan qasos olishga tayyorgarlik koʻra boshladi. Buning sababi Adud ad-Davla uni taxtdan agʻdarishga uringani edi.

Izz ud-Davla Adud ud-Davlaning ukasi va Hamadon hududlarida otasining vorisi boʻlgan Faxr ud-Davla bilan ittifoq tuzdi. Shuningdek, Shimoliy Iroqda hukmronlik qilayotgan Hamdoniylar hamda Hasanvayh bilan ham ittifoq tuzdi. Biroq Rukn ud-Davlaning uchinchi oʻgʻli Muʻayyad ud-Davla Adud ad-Davlaga sodiq qolgan edi. Natijada, Adud ud-Davla Izz ad-Davla va uning ittifoqchilarini magʻlub etdi. Shundan soʻng Hasanvayh Adud ud-Davla bilan sulh tuzdi va Adud ud-Davla uni kechirdi. Hasanvayh 979-yilda Behistun janubida joylashgan Sarmajda vafot etdi. Oradan koʻp oʻtmay uning oʻgʻillari oʻrtasida fuqarolar urushi boshlandi. Shu bilan birga Buvayhiylar oʻrtasidagi ichki kurash Adud ud-Davla va Faxr ud-Davla oʻrtasida davom etardi. Adud ud-Davla oxir-oqibat gʻalaba qozonib, Faxr ud-Davlani Buvayhiylar hududidan quvib chiqardi. Shundan soʻng Hasanvayhning barcha oʻgʻillarini qatl ettirdi. Faqat Badr ibn Hasanvayh ismli bir oʻgʻlini tirik qoldirib, uni Hasanvayhiylar sulolasi hukmdori etib tayinladi.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Yaqin Sharqda 10-asr hukmdorlari Turkum:Kurd hukmdorlari Turkum:979-yilda vafot etganlar Turkum:Tugʻilgan yili nomaʼlum boʻlgan kishilar Turkum:10-asr kurdlari