Noila Sulton (; 1884-yil 9-fevral — 1957-yil 25-oktyabr) — Usmoniylar malikasi, sulton Abdulhamid II va Dilpesend Kadınning qizi.

Yoshligi Noila Sulton 1884-yil 9-fevralda Yıldız saroyida tugʻilgan. Uning otasi Usmoniylar imperiyasi sultoni Abdulmajid I va Tirimüjgan Kadınning oʻgʻli sulton Abdulhamid II edi. Onasi Dilpesend Kadın Kizilbeg Maqsud Giray bey va Esmaxonimning qizi boʻlgan. Noila Abdulhamidning oltinchi farzandi va toʻrtinchi qizi, Dilpesend Kadınning esa birinchi farzandi edi. Uning besh oyligida vafot etgan Seniha Sulton ismli singlisi boʻlgan. 1882-yilda vafot etgan ammasi Noila Sultonning xotirasiga unga shunday ism berilgan.

Noila pianino, arfa va skripka chalishni bilgan. Uning musiqa oʻqituvchisi Lombardi bey edi. Noila 8 yosh katta opasi Naime Sulton bilan birga oʻz mahoratini Germaniya imperatori Vilgelm II va uning rafiqasi, imperatrisa Augusta Victorianing 1889-yilda Istanbulga tashrifi chogʻida namoyish etgan. Mamlakatiga qaytgach, imperatrisa Istanbulni yaxshi xotiralar bilan tark etganini va Noilaning oʻz yoshiga qaraganda gʻoyat eʼtiborga loyiq musiqiy isteʼdodiga qoyil qolganini bildirgan. Imperatrisa Noila Sultonga oʻyinchoqlar ham yuborgan.

1901-yilda Abdulhamid uni Gʻoziy Usmon posho va ilgari sulton Abdulaziz haramida boʻlgan Zatygul xonimning uchinchi oʻgʻli Jamoliddin beyga unashtirdi. Bu xonimning katta oʻgʻillari Nuriddin posho va Kamoliddin posho mos ravishda Noilaning opalari, malikalar Zekiye Sulton va Naime Sultonga uylangan edi. Biroq 1904-yilda Kamoliddin posho sulton Murod V ning qizi malika Hadicha Sultonning munosabatlari fosh boʻlgach, unashtiruv bekor qilindi.

Turmushi 1905-yilda Abdulhamid Noila Sultonni bosh vazir Abdurahmon Nurettin poshoning oʻgʻli Orif Hikmat posho bilan unashtirishga qaror berdi. Nikoh marosimi 1905-yil 27-fevralda Kurucheşme saroyida boʻlib oʻtdi. Posho Damat unvonini oldi. Er-xotinga yashashlari uchun Kurucheşme saroyi berildi. Ular farzand koʻrmagan. Orif Hikmat posho Noila Sultonga juda mehribon va olihimmat inson edi. U hech qachon ochkoʻzlik va manfaatparastlik ruhida ishlamagan, juftlik juda baxtli hayot kechirgan.

Surgunlikdagi hayoti 1924-yil mart oyida Usmoniylar sulolasi oila aʼzolari surgun qilingach, er-xotin Livanning Bayrut shahriga joylashdilar. Bu yerda Noila Sulton chinakam sharqona hayot kechirdi. U ham, eri ham boy boʻlib, Istanbuldagi kabi hayot tarzini saqlab qolishga muvaffaq boʻldilar.

Keyingi yillari va vafoti Orif Hikmat posho 1944-yilda vafot etgan. 1952-yilda esa malikalarga nisbatan surgun toʻgʻrisidagi qonun bekor qilingach, Noila Sulton Istanbulga qaytgan va Erenköyga joylashgan.

Noila Sulton 1957-yil 25-oktyabrda 73 yoshida vafot etgan va Istanbuldagi Yahyo afandi qabristoniga dafn qilingan.

Unvon va mukofotlari Usmoniylar xonadoni ordeni Mijoziy ordeni 1-darajali Xayriya ordeni Oltin Hijoz temiryoʻli medali Iftixor sanoyi medali

Nasl-nasabi

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1884-yilda tugʻilganlar Turkum:1957-yilda vafot etganlar Turkum:19-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari Turkum:Abdulhamid II ning qizlari