Magdalena Fręch (1997-yil 15-dekabrda tugʻilgan) — polyak millatiga mansub professional tennischi. 2024-yil 28-oktyabrda yakkalik bahslari boʻyicha dunyo reytingida eng yuqori natijasi — 22-oʻrinni egallagan. 2022-yil 8-avgustda juftlik bahslari reytingida 174-oʻringa koʻtarilgan.

Sportchi yakkalik bahslari boʻyicha bir marta WTA Tur chempionligini va bir marta WTA Challenger Tur chempionligini, shuningdek, ITF turkumida oltita yakkalik yoʻnalishi va toʻrtta juftlik bahslari chempionligini qoʻlga kiritgan.

Polsha sharafini Billie Jean King kubogida himoya qilgan holda Magdalena Fręch 2024-yil sentyabr oyi holatiga koʻra 10 ta gʻalaba va 7 ta magʻlubiyat koʻrsatkichini qayd etgan.

Sport faoliyati 2013–2018: WTA Tour va yirik turnirlardagi debyuti Fręch oʻzining WTA Turdagi debyut ishtirokini Katovitse Ochiq chempionatida oʻtkazgan. Sportchi ushbu musobaqada Katarzyna Pyka bilan birga juftlik bahslarida ishtirok etgan.

Fręch 2018-yilgi mavsumni Oklendda boshladi, ushbu musobaqaning saralash bosqichida Sachia Vickeryga qarshi oʻyinni boy berdi. Soʻngra tennischi faoliyatidagi ilk yirik musobaqa — „Katta dubulgʻa“ turniri saralashi Australian Openda ishtirok etdi. U raqiblari Miyu Kato, Sofya Zhuk va Keyla Deyni magʻlub etib, 12 nafar saralash bosqichi gʻoliblaridan biriga aylandi va ilk marta asosiy toʻr bahslarida ishtirok etishga muvaffaq boʻldi. Birinchi bosqichda Fręch chorak finalgacha yetib borgan Karla Suarez Navarroga qarshi oʻyin olib bordi, biroq oʻyin yakunida raqibiga magʻlub boʻldi.

Yanvar oyi oxirida Fręch 60 ming dollarlik Andrézieux-Bouthéon musobaqasida ishtirok etdi. Bu oʻyinda sportchi uch setda Konni Perrinni, ikki setda Kloe Pakeni va Vitaliýa Dyatchenkoni magʻlubiyatga uchratdi. Yarim finalda sportchi uch setda turnir chempioni boʻlgan Georgina García Pérezga imkoniyatni boy berdi. Fevral oyida Fręch Venger ayollar ochiq chempionatida ishtirok etdi va saralash bahslarida uch setda Chagla Büyukakchayni hamda Anna Blinkovani magʻlub etib, asosiy toʻr bahslariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

2021: Birinchi WTA 125 chempionligi Fręch oʻzining ilk WTA 125 chempionligini Konkord ochiq chempionatida qoʻlga kiritgan. Sportchi finalda Renata Zarazúani magʻlubiyatga uchratdi. U, shuningdek, Indian Wells ochiq chempionatiga saralash oʻyinlari orqali yoʻllanma oldi va birinchi bosqichda Zheng Saisai ustidan gʻalaba qozondi. Soʻngra yuqori reytingli tennischi, turnirda 1-raqam ostida saralangan oʻyinchi Karolína Plíšková qarshi oʻyinni boy berdi.

Manbalar

Turkum:1997-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Polyak ayol tennischilar Turkum:21-asr polyak ayol sportchilar