Malika Velia Osmanoğlu (1916-yil 26-yanvar — 2012-yil 29-noyabr), tugʻilganida Velia Abdel-Huda ismi berilgan, asosan, Malika Luli nomi bilan tanilgan britaniyalik sanʼat tarixchisi va jamiyat arbobi. Shuningdek, Oksford universitetida taʼlim olgan birinchi musulmon ayol.
Yoshligi Abdel-Huda Misrning Qohira shahrida Usmoniylar imperiyasiga uzoq yillar xizmat qilgan surgundagi turk diplomatlar oilasida tugʻilgan. Uning bobosi soʻnggi Usmoniy sultonining maslahatchisi va munajjimi boʻlgan, otasi Tavfiq Abu al-Huda esa keyinchalik Transiordaniya bosh vaziri boʻlib xizmat qilgan.
Abdel-Huda Margaret Holl xonimdan taʼlim olib, zamonaviy tarixni oʻrgangan va 1939-yilda taʼlimini yakunlagan. U Oksford universitetida oʻqigan birinchi musulmon ayol edi.
Ikkinchi Jahon urushi davrida u Britaniya axborot xizmatiga ishga jalb qilingan va Qohiraga, soʻng Falastinga yuborilgan. U yerda Falastin masalasi bilan shugʻullangan, shuningdek, u yerda Freya Stark bilan doʻstlashgan. Abdel-Huda butun umri davomida Falastin ozodligi tarafdori boʻlib qolgan va falastinliklar britaniyaliklar tomonidan sotib yuborilgan deb hisoblagan.
Urush tugagach, Abdel-Huda Courtauld institutida Anthony Blunt rahbarligida sanʼat tarixini oʻrgangan va Chelsida istiqomat qilgan.
Shaxsiy hayoti 1963-yilda Abdel-Huda oʻzining amakivachchasi, shahzoda Osmanoğluga turmushga chiqqan. Shuningdek, u britaniyalik parlament aʼzosi John Foster bilan 30 yillik munosabatda boʻlgan.
U oʻzining joʻshqin kechki ziyofatlari va dabdabali feʼl-atvori bilan tanilgan.
Abdel-Huda 2012-yil 29-noyabrda Londonda 96 yoshida vafot etgan.
Manbalar
Turkum:1916-yilda tugʻilganlar Turkum:2012-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr britaniyalik ayol yozuvchilar Turkum:Britaniyalik san’at tarixchilari Turkum:Buyuk Britaniyaga ko‘chib kelgan turklar Turkum:20-asr britaniyalik ayol pedagoglar Turkum:20-asr Usmoniylar imperiyasi malikalari