Afgʻon ayollar tarmogʻi (, qisqartmasi AWN) — Osiyodagi nodavlat tashkilot. Tashkilot 1995-yilda Pekin shahrida boʻlib oʻtgan Ayollar ahvoli boʻyicha jahon konferensiyasidan soʻng Afgʻonistondagi ayollar tomonidan tashkil etilgan boʻlib, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularning afgʻon jamiyatida teng va toʻliq ishtirokini taʼminlash ustida ish olib boradi.
Faoliyati Afgʻon ayollari tarmogʻi 1995-yilda Xitoyning Pekin shahrida boʻlib oʻtgan BMTning Ayollar ahvoli boʻyicha toʻrtinchi butunjahon konferensiyasida ishtirok etgan ayollar qarori bilan tashkil etilgan. Tashkilot Afgʻonistonda ayollar va erkaklarni kamsitishdan xoli boʻlgan jamiyat yaratish, davlat ishlarida va mamlakatdagi tinchlik jarayonida ayollarning ishtirokini kuchaytirish uchun kurashadi. Asosiy loyihalari „Ayollar, tinchlik va xavfsizlik“, „Ayollarning siyosiy ishtiroki va yetakchiligi“, „Ayollarni ijtimoiy-huquqiy himoya qilish“. Tashkilot Afgʻoniston va Pokistondagi ayollar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan boshqa nodavlat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlovchi fond sifatida ham faoliyat olib boradi. Tashkilot Fransiya elchixonasi, ActionAid, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar boʻyicha Oliy komissarligi va Roland Berger fondi kabi donor agentliklardan mablagʻ oladi. Tashkilot Kobul, Hirot, Balx, Qandahor, Bomiyon, Paktiya, Nangarhor va Qunduzda ishlaydi. Tashkilot aʼzoligida 125 ta ayollar tashkiloti va 3500 dan ortiq ayollar mavjud. Ijroiya kengashining birinchi tarkibiga Manija Vafeq kirgan, hozirgi ijrochi direktori Hasina Safi. 2013-yilda tashkilot „ArtWORKS Projects for Human Rights“ tashkiloti vakili Leslie Thomas tomonidan tashkil etilgan „Ayollar tinchlik va urush oʻrtasida: Afgʻoniston“ () koʻrgazmasini tashkil etishda ishtirok etgan. 2014-yil mart oyida tashkilot Heinrich Böll fondi koʻmagida „Afgʻon ayollarining 2024-yilgi nigohi“ () gazetasiga asos solgan. 2014-yilda gazeta har yili afgʻon ayollari orasida 150 ta nomus qotilligi sodir boʻlayotganini maʼlum qilgan. Amerika qoʻshinlari Afgʻonistondan asta-sekin olib chiqib ketilgandan soʻng, tashkilot oʻz eʼtiborini Amerika qoʻshinlari mavjud boʻlgan davrda qabul qilingan ayollar huquqlari imtiyozlarini saqlab qolishga qarata boshladi. 2015-yil fevral oyida tashkilot prezident Ashraf Gʻanidan adolatli gender vakolatni taʼminlash uchun hukumatda ayollar uchun 4 ta vazirlik lavozimini ajratishni soʻrab, namoyish oʻtkazishgan. 2016-yilda Tolibon taʼsirining yana kuchayishidan keyin tashkilot Afgʻonistonda ayollarni ommaviy qatl qilish qayta tiklanishi yuzasidan oʻz xavotir bildiradi.
Manbalar
Turkum:Afgʻonistondagi ayollar tashkilotlari