Humayrobegimshoh (1918-yil 24-iyul, Kobul, Afgʻoniston amirligi — 2002-yil 26-iyun, Rim, Italiya) — Afgʻonistonning soʻnggi shohi Muhammad Zohirshohning rafiqasi, Afgʻoniston malikasi.
Tarjimayi holi Humayrobegim afgʻon zodagoni sardor Ahmadshohxon va uning birinchi xotini Zarinbegimning qizi boʻlgan. 1931-yil 7-noyabrda 13 yoshida Humayrobegim amakivachchasi, Afgʻoniston valiahd shahzodasi Muhammad Zohirga (oʻsha paytda 17 yoshda boʻlgan) turmushga chiqqan. Bu nikohdan olti oʻgʻil va ikki qiz tugʻilgan: malika Bilqisbegim (1932-yil 17-aprel), shahzoda Muhammad Akbarxon (1933-yil 4-avgust — 1942-yil 26-noyabr), valiahd shahzoda Ahmadshoh (1934-yil 23-sentyabr — 2024-yil 4-iyun), malika Maryambegim (1936-yil 2-noyabr — 2021-yil 25-dekabr), shahzoda Muhammad Nodirxon (1941-yil 21-may — 2022-yil 3-aprel), shahzoda Shoh Mahmudxon (1946-yil 15-noyabr — 2002-yil 7-dekabr), shahzoda Muhammad Dovudxon (1949-yil 17-aprel), shahzoda Mir Vaysxon (1957-yil 7-yanvar — 2023-yil 29-sentyabr). 1933-yil 8-noyabrda Muhammad Zohirshohning otasi, Afgʻoniston shohi Muhammad Nodirshoh oʻldirilgandan soʻng, Humayrobegimning eri taxtga oʻtiradi. Humayrobegim Afgʻonistondagi ayollar huquqlari harakati asoschilaridan biri hisoblanadi. 1946-yilda malika ushbu mamlakatda ayollar masalalari boʻyicha birinchi jamiyatga asos solgan. 1959-yilda Humayrobegim Afgʻoniston bosh vazirining chaqirigʻiga binoan birinchi boʻlib ommaga chadrasiz chiqqanTamim Ansary (2012) Games without Rules: The Often-Interrupted History of Afghanistan . 1973-yilda shoh Italiyada koʻzini davolatayotgan paytda, Afgʻonistonda shohning amakivachchasi va sobiq bosh vazir Muhammad Dovudxon (bu voqealardan 10 yil oldin shoh tomonidan Dovudxon lavozimidan chetlatilgan) tomonidan davlat toʻntarishi sodir boʻladi. Afgʻoniston respublika deb eʼlon qilinib, oʻsha yilning avgust oyida Muhammad Zohirshoh taxtdan voz kechadi. Keyingi 29 yilni Muhammad Zohirshoh va Humayrobegim Italiyada, Rimning shimolidagi Olgiata kommunasidagi kichik villada muhojirlikda oʻtkazishgan. Gʻarb banklarida jamgʻarmasi boʻlmagan shoh asosan oʻz tarafdorlarining xayriyalari hisobiga kamtarona hayot kechirgan. Oʻlimidan olti yil oldin malika yorugʻlikka allergiyani boshdan kechira boshlaydi va koʻp vaqtini qorongʻi xonalarda oʻtkazgan, faqat vaqti-vaqti bilan yashash joylarini tark etgan. Oʻz vataniga, Afgʻonistonga qaytish rejalashtirilganidan bir hafta oldin, Humayrobegimshoh yurak yetishmovchiligi va nafas qisishi belgilari bilan Rim kasalxonalaridan biriga yotqizilgan. Ikki kundan keyin esa vafot etgan.
2002-yil 24-avgustda Humayrobegimshohning jasadi samolyotda Kobulga olib kelingan va bu yerda uning jasadi faxriy qorovul hamda Afgʻoniston rahbariyati tomonidan qabul qilib olingan. Afgʻoniston poytaxtining ikkita masjidida motam marosimlari oʻtkazilgan, shundan soʻng uning jasadi Kobuldagi shoh maqbarasiga dafn qilingan.
Mukofotlari Humayrobegim 1-darajali Quyosh ordeni (Afgʻoniston, 1933), 1-darajali Faxriy legion ordeni (Fransiya, 1950), 1-darajali Pleiades ordeni (Eron, 1950)Royal Ark , „Germaniya Federativ respublikasi oldidagi xizmatlari uchun“ ordenining katta xochi (1963), katta lentadagi „Qimmatbaho toj“ ordeni (Yaponiya, 1969) bilan taqdirlangan.
Manbalar
Turkum:Faxriy legion ordeni sohiblari Turkum:Afgʻoniston ayollari