Mohammad Al-Amin masjidi (), shuningdek, Koʻk masjid deb ham ataladi, balandligi 72 metr boʻlgan, minoralar tomi 65 metr balandlikda, asosiy gumbaz uch qismi 48 metr, uning tomi 42 metr boʻlgan sunnaviy masjid boʻlib, Livanning Bayrut shahri markazida joylashgan.

19-asrda bu yerda bir zaviya qurilgan. Eski zaviyaga tutash yetarli yer maydonini qoʻlga kiritish boʻyicha oʻn yillik tayyorgarliklar yakunda yangi masjid qurilishiga olib kelgan. Masjid 2008-yilda ochilgan boʻlib, Avliyo George Maronit sobori yonida joylashgan.

Tarixi 19-asrda bu yerda shayx Abu Nasr al-Yofi nomi bilan atalgan zaviya qurilgan. Abu Nasr bozorlari (Souk Abu Nasr) ham shu hududda joylashgan boʻlib, 1975-yilgacha zaviya bilan birga faoliyat koʻrsatgan.

2020-yil 4-avgustda masjid Bayrut portidagi portlashlar oqibatida jiddiy shikastlangan. Uning lyustralari va derazalari chilparchin boʻlib ketgan, pol esa siniq oynalar bilan qoplangan edi.

Qurilish va meʼmoriy yechim Livan fuqarolar urushi tugaganidan koʻp oʻtmay, marhum bosh vazir Rafiq Haririyning xayriyasi evaziga Muhammad al-Amin masjidining poydevori 2002-yil noyabr oyida qoʻyildi. Haririy 2005-yil 14-fevralda suiqasd qurboni boʻlgan va uning jasadi Bayrutdagi Shahidlar maydoni hududida, masjid yoniga dafn etilgan. Masjid Haririyning dafn marosimi uchun ham foydalanilgan.

Masjid qurilishi vaqtida arxeologlar sharq-gʻarb yoʻnalishidagi asosiy Rim koʻchasining (Decumanus Maximus) bir qismini, uning yoʻl qoplamasi va ustunlarini aniqladilar. Masjid uchun ilk tosh qoʻyilgach, 2003-yilda birinchi beton quyildi. 2005-yilga kelib masjid meʼmorchilik inshootlari qad rostlay boshladi va 2008-yilda masjid ochildi.

Azmiy Faxuriy tomonidan usmonli turk meʼmorchiligi uslubiga yaqin shaklda loyihalashtirilgan ushbu masjidda bir vaqtning oʻzida 6 400 nafargacha ibodat qiluvchi sigʻadi. Muhammad al-Amin masjidida beshta gumbaz boʻlib, ularning barchasi och koʻk plitalar bilan qoplangan. Ichki bezaklarda naqshinkor shiftlar va gumbaz doirasi mavjud. Lyustraga oʻxshash bezak mehrob qarshisida osilib turadi.

Gallereya

Yana qarang

Livanda Islom Livandagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:Livandagi masjidlar Turkum:21-asr masjidlari