Kabul politexnika universiteti (KPU; ) — Afgʻonistonning Kobul shahrida joylashgan yirik davlat universitetlaridan biri. 1963-yilda Bagh-e Bala saroyining sharqiy qismida joylashgan 72 gektar (180 akr) maydonda tashkil etilgan boʻlib, mamlakatdagi eng yirik va mashhur oliy taʼlim muassasalaridan biriga aylangan. Dastlab Kobul politexnika instituti deb atalgan. Universitetning hozirgi rektori Abdurashid Iqbal hisoblanadi.
Universitet tarkibida 8 ta fakultet va 20 ta kafedra (taʼlim yoʻnalishi) mavjud boʻlib, ulardan 12 tasi ixtisoslashgan, 8 tasi esa umumiy fanlarga oid kafedralardir. Universitet binolari tarkibiga oʻquv auditoriyalari, laboratoriyalar, kutubxona, talabalar turar joyi, professor-oʻqituvchilar uchun xonalar, 1000 oʻrinli oshxona, 500 oʻrinli masjid, sport inshootlari, 1000 oʻrinli konferensiya zali, ustaxonalar hamda dam olish markazi kiradi.
Fakultetlar Geologiya va konchilik fakulteti Qurilish fakulteti Elektromexanika fakulteti Kompyuter fanlari fakulteti Kimyo sanoati muhandisligi fakulteti Suv va atrof-muhit muhandisligi fakulteti Transport muhandisligi fakulteti Geomatika muhandisligi fakulteti
Yana qarang Afgʻoniston universitetlari roʻyxati
Manbalar
Havolalar Official website
Turkum:Afgʻoniston universitetlari