Koshon jome masjidi (; ) – shialik jome masjidi, Eronning Isfahon ustoni Koshon shahrida joylashgan.

Masjid Koshondagi eng qadimgi inshoot boʻlib, 1936-yil 20-iyunda Eron milliy merosi roʻyxatiga kiritilgan va Eronning madaniy meros, hunarmandchilik va turizm tashkiloti tomonidan boshqariladi.

Umumiy maʼlumot Masjid Eronning arablar tomonidan zabt etilishidan avval mavjud boʻlgan VII asrga oid zardushtiylik otashkadasi oʻrnida qurilgan.

Masjidning qurilish rejasi sodda. Ayvon oldidagi sahnda hovuz joylashgan. Ayvon orqali gumbazning ichki makoniga boriladi. Shuningdek, hovli sathida 2 ta, hovli sathidan pastroqda 1 ta shabiston mavjud. Mehrobga oʻxshash katta qadimiy minora Saljuqiylar imperiyasiga mansubga oʻxshaydi. Unda nafis ganchkorlik bezaklari boʻlib, Qurʼondan juma namozining fazilati haqidagi oyatlar bitilgan. Bu katta mehrob qibla yoʻnalishi notoʻgʻri boʻlgani uchun ataylab vayron qilinganga oʻxhaydi. Ushbu mehrobning oʻrniga Safaviylar shohi Tahmosb I hukmronligi davrida qiblaning toʻgʻri yoʻnalishida kichikroq mehrob qurilgan. Masjidning yagona gʻishtin minorasi janubi-sharqiy burchakda joylashgan. Minoraning pastki qismida ganch bilan bezatilgan kufiy yozuv mavjud boʻlib, bu yozuvda uning milodiy 1074-yilda qurilgani qayd etilgan. Shu sababli minora Erondagi yozuvli, eng qadimgi uchinchi minora hisoblanadi.

Masjid 2024-yilda keng koʻlamda taʼmirlangan.

Galereya

Yana qarang

Erondagi masjidlar roʻyxati

Manbalar

Havolalar

Turkum:11-asr masjidlari Turkum:Koshondagi binolar va inshootlar Turkum:Koshon Turkum:Isfahon viloyatidagi masjidlar Turkum:Erondagi gumbazli masjidlar Turkum:Erondagi minorali masjidlar