Chihil sutun (dariycha: , maʼnosi „Qirq ustun“), shuningdek Chehel Sutoon, Chelsutoon, Chehelseton yoki Chihilsitoon -Afgʻonistonning Kobul shahrida bogʻlari boʻlgan tarixiy saroy. Saroy atrofidagi 30 gektarlik park toʻliq devor bilan oʻralgan va shahar tarixiy Chihilsitoon mahallasida joylashgan boʻlib, Dorulomon mahallasidan taxminan 3,6 km sharqda joylashgan.

Chihil sutun saroyi 1796-yilda imperator Zamonshoh tomonidan qurilgan. Koʻplab odamlar bu joyga hordiq chiqarish va dam olish maqsadida tashrif buyuradi. Park va uning atrofidagi hudud shaharining 7-tumaniga kiradi. Bogʻi Bobur esa saroydan bir necha kilometr shimolda joylashgan.

Tarixi Chihil sutun XVIII asr oxirida Zamonshoh tomonidan – Durroniylar davlati hukmdorlaridan biri sifatida rivojlantirilgan. Hozirgi saroy va pavilyon aynan shu joyda XIX asr oxirida oʻsha davrdagi amir Abdurahmon Xon tomonidan qurilgan. Tarixiy xaritalarda saroy va hudud „Hendaki“ nomi bilan ham tilga olingan. Saroyning yodgorlik lavhasi 1888-yilda oʻrnatilgan. Keyinchalik uning vorisi Habibullo Xon tomonidan tosh yotqizilgan yoʻlaklar va marmar favvoralar bilan kengaytirilgan. XX asr davomida saroy baʼzan davlat mehmonxonasi sifatida foydalanilgan; xususan, AQSh prezidenti Dwight D. Eisenhower va sovet yetakchisi Nikita Xrushchyov tashrif buyurgan paytda ularning qarorgohi boʻlgan. Kommunistik davrda esa bino hukumatning media markazi sifatida ishlatilgan. 1990-yillardagi fuqarolar urushi vaqtida majmua jiddiy zarar koʻrib, uzoq yillar xaroba holatda qolgan. Keyinchalik u toʻliq qayta tiklanib, 2018-yilda yana foydalanishga topshirilgan.

Chihil sutun saroyi shaharning janubiy qismidagi Chihilsitoon mahallasida, Kobul daryosining sharq tomonida joylashgan. Chihilsitoon yoʻli saroyni shimolda markaziy Kobul bilan, gʻarbda esa Dorulomon hududi bilan bogʻlaydi. 7-tumanining boshqa hududlari kabi, bu joy ham rejasiz qurilgan boʻlib, odatda kambagʻal hudud hisoblanadiCommunity Scorecard of Kabul Municipality 2016 Integrity Watch Afghanistan.

Fotosuratlari

Yana qarang Arg, Kobul Dorul Omon saroyi Tajbeg saroyi

Manbalar

Havolalar (May 11, 2024) (Apr. 16, 2023)

Turkum:Kobul mahallalari Turkum:Saroylar alifbe boʻyicha