2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan chana sporti boʻyicha jamoaviy estafeta bahslari 12-fevral kuni Kortina-dʼampetsso shahridagi Cortina Sliding Centreda boʻlib oʻtdi. Germaniya vakillari boʻlgan sportchilar Julia Taubitz, Tobias Wendl / Tobias Arlt, Max Langenhan, and Dajana Eitberger / Magdalena Matschina ushbu yoʻnalish boʻyicha gʻoliblikni qoʻlga kiritdi. Avstriyalik sportchilar kumush medal, Italiya vakillari esa bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Tarixi Jamoaviy estafeta bahslari 2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgandan beri germaniyalik sportchilar ushbu bahslarda gʻoliblikni qoʻlga kiritib kelmoqda. 2022-yilgi Olimpiadada oltin medalni qoʻlga kiritgan Tobias Wendl va Tobias Arlt bu yilgi oʻyinlarga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritdi, Natalie Geisenberger va Johannes Ludwig esa oʻzlarining musobaqalardagi faoliyatiga yakun yasadi. Musobaqaning kumush medali Avstriya vakillariga nasib qildi. 2026-yilgi oʻyinlarga oldingi jamoadan faqatgina Wolfgang Kindl va Thomas Steu yoʻllanma oldi, Madeleine Egle esa oʻsha vaqtda anti-doping qoidalarini buzganligi, yaʼni joylashuvi haqida maʼlumot bermagani uchun 20 oyga musobaqalardan diskvalifikatsiya qilingan edi. Oldingi Olimpiadada Latviya vakillari bronza medalini qoʻlga kiritgan edi. Oʻsha tarkibdan joy olgan Kristers Aparjods va Mārtiņš Bots hamda Roberts Plūme juftligi bu yilgi oʻyinlarga ham yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Elīza Tīruma esa oʻzining sport faoliyatiga yakun yasadi. Germaniya jamoasi 2025–2026-yilgi Jahon kubogi reytingida yetakchilik qilib kelayotgan edi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlar mos ravishda Avstriya va Kanada jamoalariga tegishli edi.
Natijalar Reyting Start raqami Mamlakat Ayollaryakkalik Erkaklatjuftlik Erkaklar yakkalik Ayollarjuftlik UmumiyYakuniy natijalar Ortda qolgan vaqt 9Julia TaubitzTobias Wendl / Tobias ArltMax LangenhanDajana Eitberger / Magdalena Matschina 55.633 55.219 54.691 56.1293:41.6727Lisa SchulteThomas Steu / Wolfgang KindlJonas MüllerSelina Egle / Lara Kipp55.95955.37054.72756.1583:42.214 +0.5428Verena HoferEmanuel Rieder / Simon KainzwaldnerDominik FischnallerAndrea Vötter / Marion Oberhofer 55.830 55.332 55.088 56.2713:42.521 +0.84946Elīna Ieva BotaMārtiņš Bots / Roberts PlūmeKristers AparjodsMarta Robežniece / Kitija Bogdanova 55.684 55.800 54.989 56.2763:42.749 +1.07755Ashley FarquharsonMarcus Mueller / Ansel HaugsjaaJonathan GustafsonChevonne Forgan / Sophia Kirkby 55.771 55.281 55.197 56.5273:42.776 +1.10464Yulianna TunytskaIhor Hoi / Nazarii KachmarAndriy MandziyOlena Stetskiv / Oleksandra Mokh 56.392 57.025 55.498 57.2593:46.174 +4.50272Wang PeixuanJubayi Saikeyi / Hou ShuoBao ZhenyuGulijienaiti Adikeyoumu / Zhao Jiaying 56.760 56.368 56.364 57.3503:46.842 +5.17083Klaudia DomaradzkaWojciech Chmielewski / Michał GancarczykMateusz SochowiczNikola Domowicz / Dominika Piwkowska 57.174 55.832 57.208 57.1203:47.334 +5.662 9 1 Ioana BuzatoiuVasile Gitlan / Darius ȘerbanValentin CrețuRaluca Strămăturaru / Mihaela-Carmen Manolescu 56.794 59.710 55.591 57.836 3:49.931 +8.259
Manbalar
Turkum:Chana sporti 2026-yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlarida