Pokiston 2014-yil 7–23-fevral kunlari Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiada oʻyinlarida ishtirok etdi. Pokiston delegatsiyasi faqatgina bir nafar sportchi – togʻ changʻisi Muhammad Karimdan iborat edi. Bu mamlakatningQishki Olimpiada oʻyinlaridagi ketma-ket ikkinchi ishtiroki boʻldi. Ochilish va yopilish marosimlarida Pokiston bayrogʻidorligi vazifasini jamoaning yagona aʼzosi Muhammad Karim bajardi.

2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari Pokiston sportchilarining Rossiya hududidagi ilk Olimpiadasi edi. Chunki Pokiston ham 63 ta gʻarb davlatilari qatori Sovet-Afgʻon urushi sababli 1980-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga boykot eʼlon qilgan edi.

Tarixi Pokistondagi ilk changʻi kurorti 1958-yilda Naltar Valley hududida ochilgan. Dastlab u harbiy-havo kuchlari uchuvchilari uchun mashgʻulot bazasi sifatida tashkil etilgan, keyinchalik esa fuqarolar uchun ham foydalanishga topshirilgan. Pokiston changʻi federatsiyasi 1990-yilda tashkil etilgan.

2010-yilgi Olimpiya oʻyinlari Pokistonning Qishki Olimpiada oʻyinlaridagi ilk ishtiroki boʻldi. Ular yozgi Olimpiya oʻyinlaridagi debyuitini 1948-yilda amalga oshirgan boʻlsa va birinchi yozgi Olimpiya medalini 1956-yilda qoʻlga kiritgan.

Pokiston changʻi federatsiyasi mamlakatning yoʻllanma olgan sportchisi oʻyinlarda ishtirok eta olmasligi mumkinligi maʼlumot bergan edi. Bunga Pokiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi hamda Pokiston hukumati oʻrtasida davom etayotgan ziddiyat sabab boʻlgan. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi har ikki tomonga nizoni 2014-yil yanvarigacha hal qilish uchun muddat bergan edi. Masalalar oʻz yechimini topdi va mamlakat rejalashtirilganidek musobaqalarda ishtirok etdi.

Ochilish va yopilish marosimlarida Pokiston bayrog‘ini jamoaning yagona sportchisi – Muhammad Karim koʻtardi. Togʻ changʻi sporti SportchiMusobaqa1-urinish2-urinishUmumiyVaqtOʻrinVaqtOʻrinVaqtOʻrinMuhammad KarimErkaklar giant slalom1:43.44771:43.97713:27.4171 Manbalar

Turkum:2014-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida mamlakatlar