Nazim Aliyev (; 1963-yil 5-aprelda. Ozarbayjon SSR poytaxti Bokuda tugʻilgan) — ozarbayjonlik futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Ozarbayjon futbol tarixiga Ozarbayjon Premyer-ligasining toʻrt karra eng yaxshi toʻpurari boʻlgan futbolchi sifatida kirgan. Faoliyatini yakunlaganidan murabbiylik bilan shugʻillangan.
Futbolchilik faoliyati 1986-yilda futbol boʻyicha SSSR chempionati ikkinchi ligasining „Ganjalik“ klubida hujumchi sifatida oʻynagan. 1987-yilda u „Vosxod“ klubiga (Sumgait) oʻtgan va u yerda faqat bir mavsum oʻtkazgan.
1988-yilda „Neftchi“ (Boku) safiga qoʻshilgan. Oliy liga oʻyinlarida maydonga tushmagan, ammo SSSR kubogida 1 ta oʻyin va SSSR futbol federatsiyasi kubogida 3 ta oʻyin oʻtkazgan (1 ta gol). Yozning oʻrtalariga qadar „Neftchi“ oʻrinbosarlar jamoasida oʻynagan (1 ta gol urdi), shundan soʻng „Hazar“ klubiga qaytgan. Sumgait jamoasida keyinchalik yana 3 mavsumni SSSR chempionatida, 1992-yildan esa Ozarbayjon chempionatida oʻtkazgan.
Ozarbayjonning birinchi chempionatida u 39 ta gol bilan liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgann. Bu natija Ozarbayjon chempionatlari uchun rekord hisoblanadi.
1994—1995-yillarda „Neftchi“ (Boku) jamoasida oʻynagan va u yerda ham klubning eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 1996—1997-yillarda „Qorabogʻ“ (Agʻdam) klubi tarkibida oʻynagan.
1997–98-yilgi mavsumni „Sumgait“ klubida boshlagan, mavsum oʻrtalarida „Dinamo“ (Bok-u) ga oʻtgan.
Nazim Ozarbayjon chempionatlarida kiritilgan gollar soni boʻyicha rekordchi hisoblanadi. Futbolchilik faoliyati davomida 183 ta gol urgan. Toʻrt marta: 1992, 1995, 1996 va 1998-yillarda 39, 27, 23 va 23 ta gol bilan Ozarbayjon Premyer-ligasining eng yaxshi toʻpurari boʻlgan. 1999-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.
Terma jamoadagi faoliyati 1993-yilda Ozarbayjon terma jamoasi safida bitta oʻyin oʻtkazgan.
Murabbiylik faoliyati 2003–04-yilgi mavsumda Agʻdamning „Qarabağ“ klubida Shahin Diniyevga yordamchi boʻlib ishlagan. 2004-yilning yozidan boshlab u poytaxtning „Shafa“ klubini boshqargan. Biroq, birinchi davra yakunida „Shafa“ moliyaviy muammolar tufayli milliy chempionatdagi ishtirokini toʻxtatgan. Nozim Aliyev klub tarqalib ketgach, jamoa tarkibidagi baʼzi futbolchilari bilan „Adliya“ klubiga oʻtgan. Yangi joyda Aliyev bor-yoʻgʻi bir oydan koʻproq vaqt oʻtkazgan. 24-tur doirasida oʻz maydonida poytaxt MOIKga (0:6) magʻlub boʻlganidan soʻng, bosh murabbiy isteʼfoga chiqqan.
2006-yilda Ozarbayjon olimpiya terma jamoasini boshqargan. Terma jamoa 2007-yilgi Yevropa chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan. Jamoa guruh bosqichidan oʻta olmagan, ammo pley-off bosqichiga yoʻl olgan va unda Irlandiya terma jamoasi raqib boʻlgan. Bokudagi birinchi oʻyinda irlandiyaliklar 2:1 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa-da,UEFA diskvalifikatsiya qilingan Vugar Nodirovning maydonga tushgani sababli mezbonlarga 0:3 hisobida texnik magʻlubiyat yozdi. Javob uchrashuvida esa Irlandiya terma jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozongan. Aliyev bilan 2006-yilning may oyida tugagan shartnomani uzaytirilmagan.
2007-yil mart oyidan boshlab Ozarbayjon yoshlar (U-19) terma jamoasida 2008-yilgi Yevropa chempionatining ikkinchi saralash bosqichida ishtirok etish davrida Arif Asadovning yordamchisi boʻlgan. Keyinchalik Ozarbayjon terma jamoasida Shahin Diniyevga yordamchi boʻlib ishlaganAliev pokinul sbornuyu Azerbaydjana.
2009-yilning birinchi yarmida Olimpik-Shuvalan klubida murabbiy boʻlib ishlagan, shu bilan birga oʻrinbosarlar jamoasini boshqarganUdar Askeru Abdullaevu ot Shaxina Dinieva.
2009-yilning ikkinchi yarmida u „Terek“ klubida dastlab Shahin Diniyev, keyinchalik esa Anzor IsmoilovningNazim Aliev: „Laxiyalov ne osobo gorit jelaniem vozvraщatsya v sbornuyu Azerbaydjana“ yordamchisi sifatida ishlagan.
2010-yil boshidan „Neftchi“ oʻrinbosarlar jamoasini boshqargan, oʻsha yilning may oyida „Qarabağ“ klubiga 1:6 hisobida magʻlub boʻlgani uchun isteʼfoga chiqqan. 2010-yil iyun oyidan „Neftchi“ bolalar va oʻsmirlar jamoasi bosh murabbiyi boʻlib ishlagan.
2011-yilda yana bir bor Shahin Diniyevga Eronning „Rah Ahan“ jamoasida yordamchilik qilgan.
Shaxsiy hayot Nazim oʻgʻli Elgiz Kərəmli ham futbolchi boʻlib, yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaganRoditeli Elgiza Kerimli otkazalis otpuskat sina v „Rubin“.
Yutuqlar Ozarbayjon chempioni (1): 1996-yil („Neftchi“) Ozarbayjon chempionatining kumush medali sovrindori (3): 1992, 1993 (ikkalasi ham „Hazar“ Sumgait), 1997 (Qorabogʻ Agdam) Ozarbayjon chempionatining bronza medali sovrindori (1): 1995-yil („Neftchi“) Ozarbayjon kubogi sohibi (2): 1994–95, 1995–96 („Neftchi“) Bir mavsumda gol urish boʻyicha Ozarbayjon chempionati rekordchisi: 39 ta gol
Manbalar
Havolalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Bokulik futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Ozarbayjonlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Qarabağ FK futbolchilari Turkum:Neftçi Boku klubi futbolchilari Turkum:Shafa Baku FK futbolchilari Turkum:Energetik FK futbolchilari Turkum:Xazar Lankaran FK futbolchilari Turkum:FK Xazar Sumgait futbolchilari Turkum:FC Baku futbolchilari Turkum:Ozarbayjon milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:20-asrdagi Ozarbayjonlik erkak sportchilar Turkum:Sportchilar