Allianz Cloud Arena, ilgari PalaLido nomi bilan tanilgan, Italiyaning Lombardiya maʼmuriy hududi markazi Milan shahrida joylashgan koʻp maqsadli yopiq arena. Asosiy vazifasi basketbol va voleybol oʻyinlarini oʻtkazishdan iborat, shuningdek, gandbol, tennis, gimnastika va kurash musobaqalarini oʻtkazish uchun ham foydalanilishi mumkin. Hozirgi vaqtda arenaning sport tadbirlari uchun sigʻimi 5 420 oʻrinni tashkil etadi.
Tarixi PalaLido dastlab 1961-yilda ochilgan.
1980-yil 17-iyunda „Devo“ musiqa guruhi oʻzining „Freedom of Choice“ gastro-turi doirasida arenada konsert bergan. Konsert dastlab Velodromo Vigorellida oʻtkazilishi rejalashtirilgan edi, biroq yomgʻir tufayli Palalido arenaga koʻchirilgan.
Arena bir vaqtlar Italiyaning eng yuqori divizion basketbol klubi – „Olimpia Milano“ning mashgʼulotlarini olib boradigan arenasi sifatida foydalanilgan.
2005-yilda arenaning oʻrindiqlar sigʻimi 3 500 oʻrindan 3 800 oʻringa oshirildi. 2011-yilda arenani qayta qurish ishlari boshlandi. Nihoyat, 2019-yilda arena qayta ochildi va yangi sigʻimi 5 420 oʻrinni tashkil etdi.
Hozirgi vaqtda arena oliy darajadagi Italiya voleybol ligasida oʻynaydigan Power Volley Milano klubi mashgʼulotlarini olib boruvchi arena hisoblanadi.
2019-yildan beri ushbu inshoot „Next Generation ATP Finals“ tennis turniriga mezbonlik qilib kelmoqda.
Kurash va jangovar sport turlari 2020-yil 3-oktyabrda bu yerda „Bellator Milan 3“ musobaqasi oʻtkazilgan.
Qishki Olimpiada oʻyinlari 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari dasturidan oʻrin olgan muz ustida xokkey musobaqalari aynan shu arenada oʻtkazildi.
Yana qarang Italiyadagi yopiq arenalar roʻyxati
Manbalar
Havolalar
Turkum:Italiyadagi basketbol arenalari Turkum:Italiyadagi yopiq arenalar Turkum:Lombardiyadagi sport inshootlari Turkum:Italiyadagi voleybol arenalari Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan joylar Turkum:Milandagi sport inshootlari