Stadio Olimpico del Ghiaccio () – Italiyaning Kortina-dʼampetsso shahrida joylashgan yopiq stadion. 1952 va 1954-yillar orasida, asosan, ochiq osmon ostida figurali uchish sport turi arenasi sifatida qurilgan. 7000–8000 nafar tomoshabinni, Olimpiada oʻyinlari paytida esa vaqtinchalik moslamalar orqali 12 000–15 000 gacha tomoshabinni qabul qilish imkonini beradigan qilib loyihalashtirilgan. Inshoot 1955-yil 26-oktyabrda ochilgan. 1956-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari vaqtida arena ochilish va yopilish marosimlari, figurali uchish musobaqalari hamda ayrim xokkey oʻyinlariga mezbonlik qilgan. 1981-yildan keyin inshootga tom qismi qoʻshilgan. Stadion 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari davomida kyorling musobaqalariga, shuningdek, nogironlar aravachasida kyorling va oʻyinlarning yopilish marosimiga mezbonlik qildi.
Ommaviy madaniyatda 1981-yilda suratga olingan „For Your Eyes Only“ () filmining ayrim sahnalarida ushbu stadionni koʻrish mumkin. Bu sahnada James Bond (rolni Roger Moore ijro etgan) yovuz Aris Kristatos (Julian Glover) bilan uchrashadi va Kristatos Bondni oʻz raqibi Milos Kolumboni (Topol) quvib borib oʻldirishga majbur qilish uchun aldashga urinadi.
Manbalar
Havolalar
1956-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarining rasmiy hisoboti. (PDF) 121–130-betlar. Kortinadagi sport inshootlari
Turkum:Italiyadagi yopiq arenalar Turkum:Italiyadagi xokkey inshootlari Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan joylar Turkum:Olimpiya stadionlari Turkum:1955-yilda qurib bitkazilgan sport inshootlari