Fiera Milano SpA – bosh ofisi Milan shahrida joylashgan yarmarka va koʻrgazmalar tashkilotchisi. Kompaniya Italiyadagi eng muhim, shuningdek, dunyoda 4-oʻrinda turadigan yirik yarmarka tashkilotchisi hisoblanadi.
Kompaniya 2000-yil 1-oktyabrdan faoliyat yurita boshlagan va 2002-yil 12-dekabrdan beri Borsa Italiana (STAR boʻlimi) birjasida roʻyxatga olingan.
Fiera Milano, asosan, koʻrgazmalar, yarmarkalar va konferensiyalarni boshqarish hamda ularni tashkil etish sohalarida faoliyat yuritadi. Har yili taxminan 70 ta koʻrgazmaga (shulardan qariyb uchdan biri bevosita oʻzi tomonidan tashkil etiladi) va 30 000 ta ishtirokchiga mezbonlik qiladi. Kompaniya Fiera Milano Rho hududida boʻlib oʻtgan Expo 2015 tadbirida ham ishtirok etgan.
Fiera Milano Rho Fiera Milano Rho meʼmor Massimiliano Fuksas tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, 2005-yilda ochilgan yarmarka majmuasi hisoblanadi. Rho va Pero shaharlari chegarasidagi joylashgan. Mazkur majmua avvalgi koʻrgazma hududining oʻrnini egallagan boʻlib, eski hudud keyinchalik yangi CityLife tumani sifatida qayta rivojlantirilgan. Fiera Milano Rho, asosan, sanoat yoʻnalishidagi xalqaro koʻrgazmalar va savdo yarmarkalarini oʻtkazish uchun foydalaniladi.
Fiera Milano Rho majmuasi 2023-yil 19-aprelda 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarining konkida yugurish sporti arenasi sifatida eʼlon qilindi. Dastavval ushbu sport turini oʻtkazish boʻyicha Ice Rink Piné muz maydoniga tom qismi oʻrnatish rejasi koʻrib chiqilgan. Biroq bu taklif Xalqaro olimpiada qo‘mitasi (XOQ) tomonidan rad etilgan. Shundan soʻng Fiera Miano Rho majmuasi tanlangan. Musobaqalar 13 va 15-zallarda oʻtkazilmoqda, bu zallardan bitta katta maydon yaratilgan boʻlib, unda konkida yugurish arenasi joylashgan, shuningdek, 6500 oʻrinli tribunalar mavjud. Shu bilan birga, mazkur maskanda qoʻshimcha xokkey muz maydoni ham tashkil etilgan.
Fiera Milano City Fiera Milano City hududi, asosan, Milan moda haftaligi kabi isteʼmolchi yarmarkalariga mezbonlik qiladi.
MiCo MiCo (Milano Congressi) hozirda Yevropadagi eng yirik kongress markazi boʻlib, 70 ta turli konferensiya zallarida 18 000 nafargacha kishini oʻzida sigʻdira oladi.
Manbalar
Havolalar
FieraMilano rasmiy sayti FieraMilano Congress rasmiy sayti Expopage Fiera Milano – Fiera Milano yarmarkalarining onlayn ishtirokchilar kataloglari
Turkum:Italiyaning tadbirlarni boshqarish kompaniyalari Turkum:Milan iqtisodiyoti Turkum:Italiyadagi yarmarkalar Turkum:Italiyadagi kongress markazlari Turkum:Milandagi jahon koʻrgazmalari oʻtkazilgan joylar Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari o‘tkaziladigan joylar Turkum:Milandagi sport inshootlari Turkum:2005-yilda qurib bitkazilgan tijorat binolari