Omer Tuğrul İnançer (5-may 1946, Bursa – 4-sentabr 2022, Istanbul) turk yuristi, soʻfiy musiqasi ijrochisi va Jarrohiy tariqati shayxi edi. U Turkiya madaniyat va turizm vazirligi tarkibidagi Istanbul tarixiy turk musiqa ansamblining asoschi bosh direktori lavozimidan nafaqaga chiqqan.
İnançerning otasi Oʻrmon xoʻjaligi boshqarmasida oʻrmon xoʻjaligi mudiri boʻlib ishlagan. U 1946-yilda otasi ishlagan Bursa shahrida tugʻilgan. Boshlangʻich va oʻrta taʼlimni Bursada tugatdi. Oʻrta maktabdagi musiqa oʻqituvchisi uni Bursa oʻqituvchilar jamiyatida gʻarb musiqa darslariga yoʻnaltirdi. U bu kurslarni uch yil davom ettirdi. Keyinchalik u Bursadagi masjidlarning mohir muazzinlaridan xususiy saboq oldi. Soʻngra Bursa musiqa jamiyatiga aʼzo boʻldi.
İnançer oliy taʼlimni Istanbul universiteti yuridik fakultetida tamomladi. Istanbulga kelgach, Uskudar musiqa jamiyatiga aʼzo boʻlib, Emin Onganning shogirdi boʻldi. Bu yerda u soʻfiy musiqasini oʻrgandi. Universtitetni bitirgach, 1991-yilgacha yuridik maslahatchi sifatida ishladi. 1991-yilda u Madaniyat va turizm vazirligi tarkibidagi Istanbul tarixiy turk musiqa ansamblining bosh direktori etib tayinlandi va Turk soʻfiy musiqasini asrash va targʻib qilish jamiyatining aʼzosi boʻldi.
U 1971-yildan boshlab har yili dekabr oyida Konyada oʻtkaziladigan Shab-i Arus Mavlaviy marosimlaridagi musiqa jamoasida ishtirok etdi. Musiqa boʻyicha yuksak bilimga ega boʻlgani uchun u bu yerda boshchi sifatida qatnashdi.
1999-yildan 2022-yilgacha u Karagümrük, Fatihdagi Istanbul Jarrohiy markazida joylashgan Jarrohiy tariqatining shayxi sifatida xizmat qildi.
Omer Tuğrul İnançer 2022-yil 4-sentabrda Istanbulning Uskudar tumanidagi uyida vafot etdi.
TV va radio dasturlari
Tuğrul İnançer ile Seyir Defteri (Burç FM) Mesneviden: Mehmet Fatih Çıtlak ile birlikte (Mehtap TV) Ömer Tuğrul İnançer ile Gönül Dünyamız: Saadettin Acar ile birlikte (TRT Türk)
Manbalar
Turkum:1946-yilda tugʻilganlar Turkum:2022-yilda vafot etganlar Turkum:Usmonlilar imperiyasi madaniyati Turkum:Turk soʻfiylari Turkum:Soʻfiy musiqasi Turkum:Turkiya musiqasi