Emine Muslı Kadın (shuningdek, Muslıhe, Muslu yoki Musalli nomlari bilan ham tanilgan;  – „mehribon, ishonchli“ va „taskin beruvchi, tasalli beruvchi“; 1699-yilda tugʻilgan – 1750-yil 2-avgustda vafot etgan) – Usmoniylar imperiyasi sultoni Ahmad III ning () xotini.

Yoshligi Emine Muslı KadınCalled also Muslihe, Musalli or Muslu 1699-yilda Rossiyaning Sochi shahrida tugʻilgan. Uning 2 opasi va 1 ukasi bor edi. Yoshligida pianino va arfa chalishni mashq qilgan.

11 yoshida Qrim qullar savdosi orqali Istanbulga olib kelingan va Eski saroyda Soliha Sultonning (Ahmad III ning akasi Mustafo II ning xotini) qaramogʻiga topshirilgan. Ahmad 1713-yilda Roʻza hayiti munosabati bilan Eski saroyga jiyanlari bilan koʻrishish uchun tashrif buyurgan va oʻsha yerda Muslı Kadınni koʻrgan. 1714-yilda Ahmadga turmushga chiqqan.

Saroy hayoti va xayriyalari Muslı Kadın sulton Ahmad III hukmronligi davrida yaxshi mavqega ega boʻlgan. 1715-yilda Istanbul bozorida novvoyxona qurdirgan. Uning kipriklari qaldirgʻoch qanotiday, koʻzlari chiroyli edi.

1715-yil 10-oktyabrda u Topkapı saroyida birinchi farzandi, qizi Oysha Sultonni dunyoga keltirgan. Oysha Sulton 3 marta imperiya bosh vazirlarga turmushga berilgan. Ikkinchi nikohi chogʻida siyosatda muhim rol oʻynagan. 1728-yil 28-martda Muslı Kadın ikkinchi farzandi, Zubayda Sultonni dunyoga keltirgan.

Muslı Kadın Usmoniylar imperiyasining turli hududlarida novvoyxonalar, kutubxonalar va favvoralar qurdirgan. 1742-yilda u yoʻlovchilar uchun karvonsaroy ochgan. U katta boylikka ega boʻlib, boyligini muhtoj odamlarga ehson qilardi. Muslı Kadın tabiatan yumshoqkoʻngil, kechirimli ayol boʻlgan.

Vafoti Emine Muslı Kadın 1730-yilda sulton Ahmad III taxtdan agʻdarilgach, Eski saroyga yuborildi. 1750-yilda vaboga chalindi va 1750-yil 2-avgustda vafot etdi. Oʻlimidan soʻng Istanbulning Eminönü hududida joylashgan Yangi masjidga dafn etildi.

Farzandlari Ahmad III va Muslı Kadınning 2 nafar qizi boʻlgan: Oysha Sulton (1715-yil 10-oktyabr – 1775-yil 9-iyul) jiyani, Mustafo II ning qizi Katta Oysha Sultondan farqlash uchun unga „Kichik Oysha“ taxallusi berilgan. U 3 marta turmushga chiqqan va 1 qizi boʻlgan. Zubayda Sulton (1728-yil 28-mart – 1756-yil 4-iyun) 2 marta turmushga chiqqan, ammo farzandi boʻlmagan.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:1690-yillarda tugʻilganlar Turkum:1750-yilda vafot etganlar Turkum:18-asr Usmoniylar imperiyasi sultonlarining rafiqalari Turkum:18-asrda Usmoniylar imperiyasidagi qullar Turkum:Usmoniylar sultonlarining joriyalari