Bursuq ibn Bursuq (1116 yoki 1117-yilda vafot etgan) Hamadon amiri boʻlgan.

Biografiyasi Bursuq Katta Bursuqning eng mashhur oʻgʻli boʻlgan. Bursuq ibn Bursuq saljuqiy sulton Muhammad I Tapar xizmatidagi turkiy sarkarda boʻlgan. Hamadon amiri boʻlgan Bursuq 1110-yillardan boshlab salibchilar davlatlariga qarshi olib borilgan harbiy yurishlarda qatnashgan. Mardinning artuqiy hukmdori Ilgʻoziy 1114-yil oxirlarida sulton qoʻshinlarining oliy qoʻmondoni Aqsunqur al-Bursuqiyni magʻlub etgan. Oradan koʻp oʻtmay Muhammad I Aqsunqurning oʻrniga Bursuqni tayinlab, unga salibchilarga (franklarga) qarshi jihodni boshqarish vazifasini ham yuklagan. Mosul va Jazirada yangi qoʻshin toʻplagach, Bursuq 1115-yil boshlarida Suriyaga bostirib kirgan. Qisqa muddat Edessani qamal qilgach, oʻz faoliyati uchun tayanch baza yaratishni koʻzlab Halab tomon yurish qilgan. Halabning hadim otabegi Lulu Bursuqqa qarshi yordam soʻrab Ilgʻoziy hamda Damashq otabegi Tugteginga elchilar yuborgan. Ilgʻoziy va Tugtegin Antioxiya knyazligi hukmdori Rogerga murojaat qilgan va Roger tez orada boshqa salibchi davlatlar rahbarlari Baldvin I, Pons va Baldvinni yordamga chaqirgan.

Roger 1115-yil 14-sentyabrda Tell Danit jangida Bursuqni magʻlub etgan. Bursuqning magʻlubiyatidan soʻng Mosul saljuqiylari oʻn yil davomida Suriyadagi salibchi davlatlarga qarshi yangi harbiy yurish boshlashdan tiyilganlar. Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Salib yurishlarida ishtirok etgan musulmonlar Turkum:11-asr Osiyodagi monarxlar Turkum:Bursuqiylar sulolasi Turkum:Saljuqiylar imperiyasi sarkardalari