Taras Lesyuk (; 1996-yil 21-avgustda tugʻilgan) – ukrainalik biatlonchi. 2019-yildan buyon Jahon kubogi musobaqalarida vaqti-vaqti bilan ishtirok etib kelmoqda. Faoliyati 2013-yil dekabr 17 yoshida, Obertilliachda boʻlib oʻtgan IBU kubogi sprint poygasida ishtirok etib, ilk xalqaro musobaqada qatnashdi. Shundan soʻng 2015-yilgacha musobaqalarda koʻrinish bermaydi va aynan shu yildan boshlab oʻsmirlar darajasida bellasha boshlaydi. 2017-yil boshida Lesyuk jamoaviy estafeta bahslarida IBU oʻsmirlar kubogida ilk bor shohsupaga koʻtariladi. Oʻsha yilning oʻzida yozgi biatlon boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida estafeta va quvib yetish bahslarida kumush medalni qoʻlga kiritgan, bu esa uning oʻsmirlar darajasidagi yagona yutugʻi boʻlgan. 2017/18-yilgi mavsumdan boshlab Lesyuk IBU kubogida muntazam ishtirok etib, qisqa fursatda eng kuchli 30 sportchi qatoridan joy ola boshlaydi. 2019-yil yanvar oyida kuchli 15 talikdan joy olgan ikki natija unga Canmore va Soldier Hollowda oʻtkazilgan bosqichlarda Jahon kubogida debyut qilish imkonini berdi. Ilk starti – Canmoredagi sprint bahsida 32-oʻrinni egallab, Jahon kubogi ochkolarini qoʻlga kiritadi. Shuningdek, keyingi kuni estafeta bahsida ham qatnashib, jarima aylanasiga qaramay, yettinchi oʻrinni qayd etgan.

Lesyuk 2019/20-yilgi mavsum oxirida IBU kubogida ilk bor kuchli oʻnlikdan joy olishga muvaffaq boʻlgan. Keyingi qishda Arberda jamoaviy estafeta bahslarida ilk bor shohsupaga koʻtarilgan hamda Obertilliachda individual natijasini yaxshilab, beshinchi oʻrinni egallagan. 2021/22-yilgi mavsumda Lesyuk dastlab yana Jahon kubogi tarkibiga kiritiladi va Le Grand-Bornandda oʻtkazilgan musobaqalarda eng yuqori darajadagi bellashuvlarda ilk bor quvib yetish bahsida ishtirok etadi. Shuningdek, 2022-yilgi Yevropa chempionatida individual poygada oltinchi oʻrinni egallaydi. 2022/23-yilgi qishki mavsum boshida Lesyuk Kontiolahtida boʻlib oʻtgan individual, sprint va quvib yetish bahslarining har birida ketma-ket uch marotaba aniq 40-oʻrinni egallab, ochko jamgʻaradi. Jahon kubogidagi mavsum davomida eng yaxshi natijasi Ruhpoldingdagi individual bahlarda qayd etilgan 29-oʻrin boʻldi, biroq Yevropa chempionatida qatnashgani tufayli yana IBU kubogi musobaqalariga qaytarilgan va qish oxirida oʻtkazilgan sprint bahslarida oʻninchi oʻrinni egallashga erishgan. Natijalari Jahon chempionati Medal yutmagan MusobaqaIndividualSprintQuvib yetishEstafeta 2024 Nové Město 72-oʻrin 67-oʻrin — — — — — 2025 Lenzerheide — 65-oʻrin — — 8-oʻrin — — Jahon kubogi Mavsum Umumiy hisob Individual Sprint Quvib ytish Ommaviy start Poygalar Ochko oʻrin Ochko oʻrin Ochko oʻrin Ochko oʻrin Ochko oʻrin2018–19 2/25 9 93-oʻrin 9 61-oʻrin — — — — — —2019–20 1/21 Jahon kubogida ochko olmadi2020–21 2/262021–22 5/222022–23 8/21 15 78-oʻrin 13 50-oʻrin 1 84-oʻrin 1 75-oʻrin — —2023–24 11/21 8 80-oʻrin 8 56-oʻrin — — — — — — Yevropa chempionati Medal yutmagan Yil Individual Sprint Quvib yetish Aralash estafeta 2018 Ridnaun 48-oʻrin — — — 2019 Minsk DNS 90-oʻrin — — 2021 Duszniki-Zdrój 57-oʻrin 73-oʻrin — — 2022 Arber 6-oʻrin 56-oʻrin 22-oʻrin 8-oʻrin 2023 Lenzerheide 47-oʻrin 24-oʻrin 34-oʻrin — 2024 Brezno-Osrblie 58-oʻrin 53-oʻrin 39-oʻrin —

Manbalar

Turkum:Ukrainalik erkak biatlonchilar Turkum:2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlarida qatnashuvchi biatlonchilar