Milan Kortina 2026 Qishki Paralimpiada oʻyinlari (), shuningdek, 2026-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlari nomi bilan ham tanilgan. Odatda, Milan Kortina 2026 deb ataladigan ushbu oʻyinlar nogironligi boʻlgan sportchilar uchun moʻljallangan xalqaro qishki koʻp turli sport musobaqasi boʻlib, 2026-yilning 6-martidan 15-martiga qadar Lombardiya va Shimoli-sharqiy Italiya boʻylab joylashgan arenalarda oʻtkazildi.

Ushbu oʻyinlar Italiyada oʻtkazilayotgan uchinchi Paralimpiya oʻyinlari hisoblanadi. Bunga qadar mamlakatning Rim shahrida 1960-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari (ilk Paralimpiada oʻyinlari) va Turin shahrida 2006-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlari oʻtkazilgan. Milan Kortina 2026 1992-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlaridan keyingi birinchi Paralimpiya oʻyinlari boʻlib, unda rasmiy ravishda bir nechta mezbon shaharlar ham ishtirok etadi. Shuningdek, 2026-yilgi oʻyinlar Vankuverda oʻtkazilgan 2010-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlaridan keyingi ilk qishki Paralimpiya oʻyinlari boʻlib, ochilish va yopilish marosimlari turli arenalarda oʻtkaziladi. Shuningdek, ushbu Paralimpiya musobaqasi Qishki Paralimpiada oʻyinlari tashkil etilganiga 50-yil toʻlganini ham anglatadi.

Mezbon mamlakatni tanlash

2018-yil oktyabr oyida Italiya Milliy Olimpiya qoʻmitasi Milan va Kortina d’ampetsso shaharlari tomonidan Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik qilish uchun beriladigan nomzodlik arizasi rejalari rasman tasdiqlanganini eʼlon qildi. Ariza 2018-yil 28-noyabr kuni Tokio shahrida boʻlib oʻtgan Milliy Olimpiya qoʻmitalari assotsiatsiyasining bosh assambleyasida taqdim etildi. Ikkala shahar ham 2019-yil 24-iyunda Shveysariyaning Lozanna shahrida boʻlib oʻtgan XOQning 134-sessiyasida 2026-yilgi Qishki Paralimpiya va Olimpiya oʻyinlari mezbonlari sifatida tanlab olindi. Ular Shvetsiyaning Stokgolm va Åre shaharlari tomonidan taqdim etilgan qoʻshma arizani ham ortda qoldirishga muvaffaq boʻldi. +2026-yilgi Qishki Olimpiya oʻyinlariga mezbonlik tanlovi natijalari Ariza Mamlakat OvozlarKortina-dʼampetsso47Stokgolm–Åre341 ta betaraf ovoz yoki boʻsh byulleten

Oʻyinlarga tayyorgarlik

Bayroq topshirish marosimi Bayroq topshirish marosimi 13-mart kuni Xitoyning Pekin shahrida oʻtkazilgan 2022-Qishki Paralimpiada oʻyinlarining yopilish marosimi chogʻida boʻlib oʻtdi. Paralimpiya bayrogʻi Pekin meri Chen Jiningdan Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi (IPC) prezidenti Andrew Parsonsga, undan esa Milan vitse-meri Anna Scavuzzo va Kortina-d’Ampetsso meri Gianpietro Ghedinaga topshirildi. Shundan soʻng bayroq Italiyaga olib ketildi va ertasi kuni mamlakatga yetib keldi. Olimpiya bayrogʻi ham, Paralimpiya bayrogʻi ham hozirda Palazzo Marinoda namoyish etilmoqda va tegishli musobaqalar yakuniga qadar shu yerda qoladi.

Mashʼala estafetasi

Mashʼala estafetasi 2026-yil 24-fevraldan 6-martgacha oʻtkazilishi rejalashtirilgan boʻlib, 501 nafar mashʼalani koʻtaruvchi shaxs masofani bosib oʻtadi. Mashʼala Birlashgan Qirollikdagi Stoke Mandeville kasalxonasida yoqiladi va Italiyaning 5 ta shahriga yuboriladi. Estafeta Kortina-d’Ampetsso, Venetsiya va Paduya shaharlarida boʻlib, yakunda 2026-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlari ochilish marosimi uchun Verona arenasida nihoyasiga yetadi.

Paralimpiya mashʼalasi Italiyaning Milan va Yaponiyaning Osaka shaharlarida bir vaqtda oʻtkazilgan tadbirda taqdim etilgan. Paralimpiya mashʼalasi bronzadan, unga mos Olimpiya mashʼalasi och koʻk rangda yasalgan. Mashʼalalar, asosan, qayta ishlangan alyuminiy va bronza qotishmasidan tayyorlangan.

Koʻngillilar Umumiy hisobda 18 000 nafar koʻngilli 2026-yilgi Qishki Paralimpiya va Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etadi. Koʻngilli boʻlish uchun arizalar 2024-yil 19-sentyabrda qabul qilina boshlangan. 2024-yil dekabr holatiga koʻra, qariyb 70 000 ta ariza qabul qilingan.

Chipta sotuvi 2026-yilgi Qishki Paralimpiya oʻyinlariga chiptalar 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 10 yevrodan boshlanadi. Mavjud chiptalarning taxminan 89 foizi, yaʼni 200 000 dan ortigʻi 35 yevrodan past narxda sotuvga qoʻyilgan. Chipta platformasida roʻyxatdan oʻtish 2024-yil 4-oktyabrda boshlangan va chiptalar savdosi 2025-yil mart oyida start olgan.

Medallar 2025-yil 15-iyul kuni Milan Kortina 2026 Qishki Olimpiya va Paralimpiya tashkiliy qoʻmitasi medallar dizaynini taqdim etdi. Har bir medalning chap tomonda old qismida Braille yozuvi, oʻng tomoni old qismida esa logotip aks etgan. Medalning orqa tomonida esa Paralimpiya oʻyinlari logotipi tasvirlangan.

Sport inshootlari

2026-yilgi Paralimpiya oʻyinlari uchun 5 ta sport inshooti, shuningdek, musobaqadan tashqari 3 ta Paralimpiya shaharchasini oʻz ichiga olgan maskanlardan foydalaniladi.

Milan klasteri Milan Santagiulia muz xokkey arenasi – paramuz xokkeyi Milan Olimpiya va Paralimpiya shaharchasi – Paralimpiya shaharchasi

Val di Fiemme klasteri Tesero changʻi kross stadioni, Tesero – parabiatlon, parachangʻi krossi Predazzo Olimpiya va Paralimpiya shaharchasi – Paralimpiya shaharchasi

Kortina klasteri Tofane togʻ changʻisi markazi – paratogʻ changʻisi Kortina parasnoubord bogʻi – parasnoubord Kortina kyorling olimpiya stadioni, Kortina-d’ampetsso – nogironlar aravachasida kyorling, yopilish marosimi Kortina Olimpiya va Paralimpiya shaharchasi – Paralimpiya shaharchasi

Verona Verona arenasi – ochilish marosimi

Oʻyinlar Marosimlar Ochilish marosimi 2026-yil 6-mart kuni Verona shahridagi Verona arenasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Yopilish marosimi esa 2026-yil 15-mart kuni Kortina d’ampezzo shahridagi Kortina Olimpiya muz saroyida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Sport turlari 6 ta qishki Paralimpiya sport turlari boʻyicha 79 ta yoʻnalishda musobaqalar oʻtkazilishi kutilmoqda. Aravachada kyorling boʻyicha aralash juftlik bahslari musobaqa tarixida ilk bor oʻtkaziladi. Jami 665 ta sportchi uchun kvota ajratilgan boʻlib, shundan 323 nafari erkaklar, 176 nafari ayollar va 166 nafaro jinsdan qatʼi nazar taqsimlanadi.

Ishtirok etuvchi Milliy Paralimpiya qoʻmitalari Quyidagi 52 ta ishtirokchi Milliy Paralimpiya qoʻmitalarining sportchilari oʻyinlarda ishtirok etuvchi yoʻllanmalarni qoʻlga kiritgan. Aksariyat musobaqalar uchun kvotalar 2024-yildan 2026-yilgacha boʻlgan davrda taqsimlandi. Nogironlar aravachasida kyorling boʻyicha saralash ochkolari 2023-yildan 2025-yilgacha boʻlgan davr uchun hisobga olinib, aralash jamoa uchun 8 kvota va aralash juftliklar uchun 10 kvota ajratildi. Paramuz ustida aravachada xokkey boʻyicha saralash ochkolari ham 2023-yildan 2025-yilgacha boʻlgan davrda toʻplangan.

2025-yil sentyabr oyida Xalqaro Paralimpiya qoʻmitasi Rossiya Paralimpiya qoʻmitasi faoliyatini tiklab, rossiyalik sportchilarga oʻz bayrogʻi va madhiyasi ostida xalqaro musobaqalarda qatnashishga ruxsat berdi. Biroq oktyabr oyida maʼlum boʻlishicha, Xalqaro changʻi federatsiyasi (FIS), Xalqaro biatlonchilar ittifoqi (IBU) va Jahon kyorling federatsiyasi Rossiya va Belarus sportchilarini hatto neytral maqom ostida ham Olimpiya saralash musobaqalarida qatnashishdan chetlatish haqidagi qarorini oʻz kuchida qoldirgan. Nazariy jihatdan ular paramuz ustida xokkey musobaqalarida ishtirok etishlari mumkin edi, ammo saralash turniri uchun jamoalar allaqachon aniqlab boʻlingan. Shu sababli, Rossiya va Belarus 2026-yilgi Paralimpiya oʻyinlariga birorta ham sportchini yubora olmaydi. Ishtirok etadigan Milliy Paralimpiya qoʻmitalari

(mezbon)

Oʻyinlar jadvali 2026-yilgi Paralimpiaya oʻyinlari jadvali 2024-yil 9-dekabrda eʼlon qilindi. Kyorling arenasidan yopilish marosimi uchun foydalanilishi sababli musobaqalar ochilish marosimidan 2 kun oldin nogironlar aravachasida kyorling boʻyicha aralash juftliklar dasturining dastlabki 2 bosqichi bilan boshlanadi.

<div align=center> OMOchilish marosimi●Oʻyinlar1Final bosqichlariYMYopilish marosimi

Mart 202604Chor05Pay06Jum07Shan08Yak09Dush10Sesh11Chor12Pay13Jum14Shan15YakMusobaqalar MarosimlarOMYM Paratogʻ changʻisi666333330 Parabiatlon66618662620 Paramuz ustida xokkey●●●●●●11 Parasnoubord●448 Nogironlar aravachasida kyorling●●●●●●●1●●12Kunlik medallar toʻplamlari 0 0 0 12 10 6 12 7 3 9 10 10 79Jami 0 0 0 12 22 28 40 47 50 59 69 792026-yil mart04Chor05Pay06Jum07Shan08Yak09Dush10Sesh11Chor12Pay13Jum14Shan15YakJami musobaqalar </div align=center>

Izohlar

Yana qarang 2026-yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari 1960-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari

Manbalar

Havolalar Rasmiy veb-sayti

Turkum:2026-yilgi Qishki Paralimpiada oʻyinlari Turkum:Qishki Paralimpiada oʻyinlari