Qishki sport turlari yoki qishki mashgʻulotlar – qor yoki muz ustida oʻtkaziladigan musobaqaviy sport turlari yoxud dam olish (rekreatsion) maqsadida olib boriladigan faoliyatlarning umumiy nomlanishidir. Ularning aksariyati changʻi uchish, konki uchish va chanada uchish sportining turli xil koʻrinishlaridan iborat. Anʼanaviy ravishda bunday oʻyinlar, asosan faqat qish fasli sovuq keladigan hududlarda ommalashgan boʻlib, biroq sunʼiy qor va sunʼiy muzning yaratilishi va keng ravishda qoʻllanilishi, bu boradagi vaziyatni oʻzgartirib, har qanday iqlim sharoitida ham qishki sport musobaqalari oʻtkazish imkonini yaratdi. Ushbu musobaqalarda oʻyin maydonlari, asosan, sunʼiy qor yoki muz qoplamasi bilan qoplanib, chana va konki kabi instrumentlarning erkin toyishiga imkon beradi.

Sunʼiy muzdan yumshoq iqlimli hududlarda konki uchish, shaybali xokkey, para-xokkey, ringet, brumbol, bendi(koptokli xokkey), rink-bendi, rinkboll va sponji kabi sport turlari uchun muz maydonlarini (katoklarni) yaratishda foydalaniladi. Misol uchun, konkida yugurish sportida aylanma tarzda hosil qilingan muz yoʻlaklaridan foydalaniladi, biroq baʼzi qishki sport inshootlarida bir nechta muz ustidagi sport turlari talablari birlashtirilib, yagona muz maydoni yaratiladi. Tur-skeytingdek uzoq masofaga konkida uchish kabi sport turlari, musobaqalari, faqat ochiq havoda – muzlagan koʻllar, hovuzlar va botqoqliklarning tabiiy muz qoplamalarida oʻtkaziladi.

Keng tarqalgan yakkalik sport turlaridan: changʻi poygalari, togʻ changʻi sporti, snoubording, changʻida sakrash, konkida yugurish, figurali uchish, chana sporti, skeleton, bobsley, SkiO, qordayurar kabilar mavjud.

Keng tarqalgan jamoaviy sport turlariga: shaybali xokkey, kyorling, bendi(koptokli xokkey), ringet va brumbol (yopiq yoki ochiq muz maydonlarida, shuningdek qorli maydonlarda oʻtkaziladi), rinkbollar kiradi.

Qishki sport bilan shugʻullanuvchilar soniga koʻra, shaybali xokkey dunyodagi eng ommabop qishki jamoaviy sport turi hisoblanadi, undan keyingi oʻrinni bendi egallaydi.

Qishki sport turlari uchun maxsus, davomiy ravishda turli musobaqalar uyushtirilib, ularning eng asosiylari – Qishki Olimpiya oʻyinlari va Qishki Universiada hisoblanadi.

Tarixi

Qish mavsumidagi qor va muz qoplami qadimdan insoniyatga chana, changʻi va konkilar yordamida harakatlanishni transport vositasi sifatida keng qoʻllash imkonini bergan. Bu esa, yilning boshqa fasllaridan farqli oʻlaroq, aynan qish mavsumi uchun moslashgan turli xil hordiq turlari va sport yoʻnalishlarining shakllanishiga zamin yaratdi. Tabiiyki, qishki sport turlari qish fasli uzoq davom etadigan mamlakatlarda koʻproq ommalashib borgan.

1864-yilda Yevropaning Alp togʻlarida joylashgan Sankt-Morits shahri ilk mashhur qishki kurortga aylantirildi.

Olimpiya oʻyinlarining dastlabki bosqichlarida sport turlarini yozgi va qishki turkumlarga ajratishga katta eʼtibor berilmagan . Bunday eʼtiborsizlik 1890-yillarning oxiridan to 1900-yillarning oʻrtalariga qadar davom etgan. Bu davr mobaynida, bugungi kunda Qishki Olimpiya oʻyinlari tarkibiga kiruvchi ayrim sport turlari Yozgi Olimpiada doirasida oʻtkazilgan. Dastlab barcha olimpiya sport turlarini yagona tadbir va dastur asosida birlashtirish rejalashtirilgan boʻlsada, kelgusida ayrim sport turlarining atrof-muhit va iqlim sharoitlariga boʻlgan talablarini hisobga olib, olimpiya oʻyinlarini alohida oʻtkazishga qaror qilindi.

Qishki sport turlarining aksariyati ochiq havoda oʻtkazilsa-da, XX asr oʻrtalaridan boshlab shaybali xokkey, konkida yugurish va qisman bendi (koptokli xokkey) kabi yoʻnalishlar yopiq inshootlarga koʻchirildi. Sunʼiy muz bilan taʼminlangan yopiq muz maydonlari issiq iqlimli hududlarda ham konki uchish va xokkey oʻyinlarini tashkil etish imkonini beradi.

Kelgusi asrda iqlim o‘zgarishi ochiq havoda oʻtkaziladigan qishki sport turlariga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatishi taxmin qilinmoqdaBradford, Nick (2019) The Future of Winter Sports and Recreation National Environmental Education FoundationBürki, Rolf (2003) Climate Change and Winter Sports: Environmental and Economic Threats CIPRA.org.

Sport turlari roʻyxati Eslatma: Sport turi yonidagi Olimpiya halqalari ushbu turning Qishki Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilganligini bildiradi. Paralimpiya logotipi esa Olimpiada dasturiga kirmagan, ammo Qishki Paralimpiya oʻyinlari tarkibiga kiritilgan sport turlarini anglatadi.

Konkida uchish Figurali uchish Short-trek Konkida yugurish sporti Changʻida uchish

Ski ballet Skibock Tez tushish (chang'i sporti) Changʻi sporti Biatlon Changʻi poygalari Fristayl Mogul Monochang'ida uchish Nyu-skull (chang'i sporti) Chang'i ikkikurashi Changʻi ustida kamondan oʻq otish Skiboarding Skibobbing Skijoring Tramplindan sakrash Ski-alpinizm SkiO Snoukayting Spidglayding Telemark Qishki pentatlon Ski-BASE sakrash Chanada sirpanish

Muz yoʻlaklari va maydonlarida chana yordamida harakat qilinuvchi sport turlari: Bobsley Chana itlari poygasi Muz bloklarida sirpanish Chana sporti Skeleton Vok poygasi Snoubording Snoubordda uchish Snoubord-kross Para-snoubord Snouskeyt Sloupstayl Snoushuing Qorda yurar texnikalar

Fristayl Snocross Jamoaviy sport turlari

Bandy Brumbol Kyorling Shaybali xokkey Sledge xokkey Aysshtok Patrul poygalari Ringet Rinkbol Rink-bandy Qor beysboli Qor regbisi Qor iloni(sport turi) Qor volleyboli Sponji yoki sponj xokkey Sinxron figurali uchish Yukigassen (jamoaviy qorbo'ron) Boshqalar

Qorda yurish (velosiped Barrel jamping Muz kanoesi Muzga chiqish Muz kriketi Snoudrifting Qor golfi Rekreatsion sport

Ayrim sport turlari bilan professional darajada emas, balki koʻproq hordiq chiqarish maqsadida (yoki shunchaki zavqlanish uchun), koʻpincha bolalar tomonidan havaskorona shugʻullaniladi: Muz yaxtasi Qishki baliq ovi Tobbogan Qorbo'ron Ahamiyatli qishki sport tadbirlari Qishki Olimpiada oʻyinlari Qishki Paralimpiya o‘yinlari Qishki Universiada Qishki Osiyo o'yinlari Shimoliy o'yinlar Jahon kuboklari Jahon chempionatlari Yana qarang Qishki karnaval Sport Manbalar Havolalalar

Adabiyotlar

Syers, Edgar; Syers, Madge (eds.) (1908) The Book of Winter Sports London: Edward Arnold Dier, J. C. (ed.) (1912) The Book of Winter Sports, an attempt to catch the spirit of the keen joys of the winter season The Macmillan Company Jessup, Elon Huntington (1923) Snow and ice sports: a winter manual E. P. Dutton & Co. Cereghini, Mario (1955) Five Thousand Years of Winter Sports Edizioni del Milione Liebers, Arthur (1971) The Complete Book of Winter Sports NY: Coward, McCann & Geoghegan

Turkum:Qishki sport turlari