Tinchlik kengashi – nominal ravishda „barqarorlikni targʻib qilish, ishonchli va qonuniy boshqaruvni tiklash hamda mojarolar taʼsirida qolgan yoki mojarolar xavfi ostidagi hududlarda barqaror tinchlikni taʼminlash“ni maqsad qilgan xalqaro tashkilot. Kengash 2025-yil sentyabr oyida AQSh prezidenti Donald Trump tomonidan taklif qilingan boʻlib, uning tashkil etilishi 2026-yil 15-yanvarda Trump tomonidan eʼlon qilingan. Trump 2026-yil 20-yanvarda „Birlashgan Millatlar Tashkiloti menga hech qachon yordam bermadi“ deya „Tinchlik kengashi“ni tuzishiga sabab sifatida izoh bergan, shuningdek, uning kengashi BMTni „almashtirishi mumkin“ligini taʼkidlagan. Aʼzolik masalalari Donald Trump tomonidan yakka tartibda belgilanadi; u doimiy oʻrinlar uchun 1 milliard AQSh dollari toʻlov talab qilishni rejalashtirgan. Kengash oʻzining nizomi asosida boshqariladi. Trump kengash bilan maslahatlashmasdan uning nomidan qarorlar yoki tashabbuslarni qabul qilishi mumkin hamda umrbod aʼzo hisoblanadi. Mutaxassislarning aytishicha, Trump ushbu tashkilotni BMT Xavfsizlik Kengashiga muqobil tuzilma sifatida shakllantirishga urinmoqda, bunda veto huquqi faqat uning oʻzida boʻladi. Mustaqil manbalarda kengash nomi koʻpincha qoʻshtirnoq ichida yoziladi.
Tinchlik kengashi aʼzolari Quyidagi davlatlar Tinchlik kengashida oʻz ishtirokini tasdiqladi:
Ishtirok etish uchun quyidagi davlatlar va tashkilotlar taklif etilgan:
Quyidagi davlatlar ishtirok etish taklifini rad etdi:
Tinchlik kengashining birinchi sammiti 2026-yil 9-fevral kuni Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishi oʻtkazildi. Birinchi sammit AQSh Prezidenti Donald Tramp raisligida oʻtkazilib, Oʻzbekiston, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Bahrayn, Indoneziya, Argentina, Paragvay, Ruminiya, Misr, Qatar, Pokiston, Vengriya Albaniya, Armaniston, Vyetnam, Kambodja, BAA, Turkiya, Kuvayt, Saudiya Arabistoni, Isroil, Marokash va boshqa davlatlar delegatsiyalari rahbarlari ham qatnashdi. Sammitda Gʻazo sektorini qayta tiklash va gumanitar yordam koʻrsatish, shuningdek, mintaqada tinchlik hamda barqarorlikni taʼminlash masalalari muhokama qilindi.
Manbalar
Havolalar Charter of the Board of Peace Turkum:Alifbo boʻyicha tashkilotlar