Jahon zargarlik muzeyi — Janubiy Koreyaning Seul shahrida joylashgan muzey.

Unda Kolumbiyadan keltirilgan qadimiy zargarlik buyumlari, Sudanga tegishlli fil suyagidan yasalgan bezaklar, Efiopiyadagi xoch bezaklari to‘plami hamda Myao xalqiga mansub bezaklar namoyish etiladi. Shuningdek, Marokash, Kambodja, Mongoliya, Eritreya, Hindiston va Belgiya bezak buyumlari ko‘rgazmalari ham mavjud.

Doimiy ko‘rgazmalar birinchi qavatda, maxsus ko‘rgazmalar esa ikkinchi qavatda o‘tkaziladi.

Havolalar Official site

Turkum:Janubiy Koreya muzeylari