Rifatilla Qudratullayevich Qosimov (14-iyul 1958, Toshkent) — oʻzbek sozandasi, pedagog, professor, akademik. “Doʻstlik” ordeni sohibi, Oʻzbekistonda maqom va anʼanaviy ijrochilik maktabining yirik vakillaridan biri. U rubob, ud, tanbur va dutor cholgʻularida ijrochilik maktabini yaratgan ustoz sifatida tanilgan.
Hayoti va taʼlimi Rifatilla Qosimov 1958-yil 14-iyulda Toshkent shahrida tugʻilgan. Yoshligidan rubob va dutor sozlariga mehr qoʻygan. Ilk tahsilini Tolibjon Sodiqov nomidagi musiqa maktabida, Gʻulomjon Qoʻchqorov sinfida boshlagan. Keyinchalik Toshkent musiqa bilim yurtida, soʻngra konservatoriyada Sulaymon Taxalov, Is’hoq Rajabiy, Xamidjon Jalolov kabi ustozlardan saboq olib, maqom va anʼanaviy ijrochilik sirlarini chuqur oʻrgangan.
Pedagogik va ijodiy faoliyati 1980-yildan pedagogik faoliyatni boshlagan. Hozirda Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy musiqa sanʼati institutining “Maqom cholgʻu ijrochiligi” kafedrasi professori sifatida faoliyat yuritadi. U rubob, ud, tanbur cholgʻulari boʻyicha 6 dan ortiq darslik va qoʻllanmalar muallifi. Shuningdek, oʻzbek teleradiokanallarida koʻplab mualliflik koʻrsatuvlari orqali milliy cholgʻu ijrochiligini targʻib etib kelmoqda.
Shogirdlari Rifatilla Qosimovning shogirdlari orasida Gulsanam Mamazoitova, Nodira Pirmatova, Abdulxay Karimov kabi sanʼatkorlar bor. Ularning koʻpchiligi xalqaro tanlovlar gʻoliblari va yuksak unvonlar sohiblaridir.
Mukofot va unvonlari
“Doʻstlik” ordeni “Akademik” unvoni (Turon fanlar akademiyasi, 2021) Professor (OʻzMMSI)
Manbalar https://uza.uz/oz/posts/umrboqiy-meros-sohibi-29-01-2020 http://maqomfund.uz/cgi-sys/suspendedpage.cgi?route=product/product&product_id=62 https://cyberleninka.ru/article/n/serqirra-yirik-musiqashunos-olim/pdf https://in-academy.uz/index.php/cajei/article/view/72964