O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni — har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadigan, qishloq va suv xo‘jaligi sohasi xodimlari, fermerlar va dehqonlarning kasbiy bayrami hisoblanadi. (LEX.UZ)

Tarix Sovet davrida va mustaqillikning dastlabki yillarida qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari umumiy kasbiy bayramlar doirasida yoki mavsumiy tadbirlar (hosil bayramlari, yil yakuni marosimlari), shuningdek, Dehqonlar kuni, Hosil kuni kabi an’anaviy tadbirlar sifatida o‘tkazilgan. Biroq ular qonun bilan belgilangan rasmiy kasbiy bayram maqomiga ega bo‘lmagan, shuningdek, aniq sana va davlat darajasidagi yagona tartib mavjud emas edi.

Sovet davridagi holat SSSR davrida qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari uchun ayrim respublikalarda yoki hududlarda “Hosil bayrami”, umumittifoq darajasida esa qishloq mehnatiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilgan.

Mustaqillik yillarida qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning alohida strategik tarmog‘i sifatida shakllandi, fermerlik, klaster va bozor munosabatlari rivojlandi, sohada mehnat qilayotganlar soni va mas’uliyati ortdi.

Shu sababli mavsumiy yoki umumiy tadbirlar o‘rnini davlat tomonidan tan olingan, rasmiy kasbiy bayram egallashi zarur bo‘ldi. 2017-yilda Qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash tashabbusi ilgari surildi. Tashabbus asosida qonun loyihasi ishlab chiqildi. Qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 1-avgustda qabul qilingan va 24-avgustda Senat tasdiqladi. 2017-yilning 25-avgust kuni O‘zbekiston prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonuni imzolandi. Shundan buyon dekabrning ikkinchi yakshanbasi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni sifatida nishonlanish boshlandi.

Mazmun va maqsad Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni:

- agrar sohada faoliyat yuritayotgan ishchi, mutaxassis va fermerlarning mehnatini e’tirof etish;

- qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi yutuqlar va samarali ishlarga diqqat qaratish;

- agrar kompleksni rivojlantirish bo‘yicha istiqbolli vazifalar muhokamasini rag‘batlantirish maqsadida nishonlanadi. (Buzb.uz)

Nishonlanishi Bayram munosabati bilan respublika va hududlarda:

- qishloq va suv xo‘jaligi sohasidagi yutuqlarni muhokama qilish,

- ko‘rsatgan xizmatlari uchun ilg‘or xodim va fermerlarni mukofotlash,

- Prezident va rasmiy idoralar nomidan tabriklar e’lon qilish kabi tadbirlar o‘tkaziladi.

Manbalar

Turkum:Qishloq xoʻjaligi Turkum:Kasb bayramlari