Kenneth T. Welch (1964-yil 15-avgustda tug‘ilgan) — AQShlik siyosatchi. U Florida shtatining Sankt-Pitersberg shahri meri lavozimida faoliyat yuritadi. Kenneth T. Welch Demokratik partiya a’zosi hisoblanadi. Mer bo‘lishidan oldin u Florida shtatidagi Pinellas okrugi komissiyasi a’zosi sifatida ishlagan. U Sankt-Pitersberg shahri tarixida birinchi afro-amerikalik mer boʻlgan.

Yoshlik va hayot

Kenneth T. Welch 1964-yil 15-avgustda AQShning Florida shtati, Sankt-Pitersberg shahrida tug‘ilgan. Uning otasi David Welch Sankt-Pitersberg shahar kengashining sobiq a’zosi bo‘lgan hamda buxgalteriya kompaniyasiga asos solgan. Kenneth Welch ham ushbu kompaniyada ishlagan Welch Sankt-Pitersberg shahrida tug‘ilib o‘sgan uchinchi avlod vakili hisoblanadi. U bolaligini keyinchalik, Tropicana Field stadionini qurish uchun qayta tashkil etilgan Gas Plant District hududida o‘tkazgan. U Melrose va Bay Point boshlang‘ich maktablarida, Bay Point Middle School hamda Lakewood Senior High Schoolda tahsil olgan. Keyinchalik South Florida universitetida buxgalteriya yo‘nalishida o‘qib, bakalavr darajasini olgan. Shuningdek, u Florida A&M universitetida tahsil olib, biznes boshqaruvi magistri (MBA) darajasini qo‘lga kiritgan.

Manbalar

Tashqi havolalar City of St. Petersburg - Mayor Ken Welch

Turkum:1964-yilda tugʻilganlar Turkum:15-avgustda tugʻilganlar Turkum:AQShlik siyosatchilar Turkum:AQSh merlari