İrfan Can Kahveci (1995-yil 15-iyulda tugʻilgan) – turkiyalik professional futbolchi. Turkiya Superligasining „Fenerbahche“ klubi hamda Turkiya milliy terma jamoasi tarkibida hujumkor yarim himoyachi yoki qanot hujumchisi sifatida faoliyat yuritadi.

Klublardagi karyerasi Yoshlik yillari U futbolchilik faoliyatini 7 yoshida „Gençlerbirliği“ futbol maktabida boshlagan. Futbol maktabida oʻtkazgan yillaridan soʻng, saralashlarda oʻzini koʻrsatib, „Gençlerbirliği“ yoshlar jamoasi safiga qabul qilingan. Fuat Çapa murabbiyligi davrida esa u klub bilan professional shartnoma imzolagan. 2012-yil 27-aprel kuni Kahveci Spor Toto kubogi doirasida „Kayserispor“ga qarshi oʻyinda uchrashuvning soʻnggi 5 daqiqasida maydonga tushib, klub safidagi ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazgan.

Hacettepe (ijara) 2013–2014-yilgi mavsumda u tajriba orttirish maqsadida „Gençlerbirliği“ning hamkor klubi hisoblangan „Hacettepe“ jamoasiga ijaraga berilgan. Kahveci ushbu jamoa safida 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol muallifi boʻlgan hamda 2013–2014-yilgi mavsum yakunida „Hacettepe“ning TFF Ikkinchi Ligasiga koʻtarilishiga munosib hissa qoʻshgan.

Gençlerbirliği 2014-yil 29-avgust kuni İrfan Can 2014–2015-yilgi mavsum doirasida „Gençlerbirliği“ asosiy jamoasi safida „Rizespor“ga qarshi uchrashuvda Turkiya Superligasidagi debyutini amalga oshirgan. 2014-yil 9-noyabr kuni u „Kasımpaşa“ga qarshi bahsning 63-daqiqasida chempionatdagi ilk golini urgan. Mavsum yakunida u liga va kubok musobaqalarida jami 30 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol muallifi boʻlgan.

„Gençlerbirliği“ safidagi ikkinchi mavsumida esa u barcha musobaqalarda 33 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urishga muvaffaq boʻlgan.

İstanbul Başakşehir 2016-yil 26-dekabr kuni Kahveci „İstanbul Başakşehir“ klubi bilan 2021–2022-yilgi mavsum oxirigacha moʻljallangan shartnoma imzolagan. 2016-yil 14-yanvar kuni u „Kayserispor“ga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, jamoa safidagi debyutini amalga oshirgan; mazkur bahsda „Başakşehir“ 5:0 hisobida gʻalaba qozongan.

2017-yil 19-sentabr kuni u UEFA Yevropa Ligasi doirasida safardagi „Hoffenheim“ga qarshi oʻyinda xalqaro miqyosdagi musobaqalarida ilk uchrashuvini oʻtkazgan, biroq jamoasi 1:3 hisobida magʻlub boʻlgan.

2020-yil 2-dekabr kuni Kahveci UEFA Chempionlar Ligasi doirasida „RB Leipzig“ga qarshi uchrashuvda xet-trik qayd etgan. Shunga qaramay, uning jamoasi 3:4 hisobida magʻlubiyatga uchragan. Ushbu natija bilan u Chempionlar Ligasi tarixida magʻlub boʻlgan jamoa safida xet-trik muallifi boʻlgan uchinchi futbolchiga aylangan; undan avval bunday natijaga faqat Cristiano Ronaldo va Gareth Bale erishgan edi.

Fenerbahçe 2021-yil 31-yanvar kuni „Fenerbahçe“ Twitter sahifasi orqali Kahveci jamoaga qoʻshilganini eʼlon qilgan. U „Fenerbahçe“ bilan 7 million yevro evaziga toʻrt yarim yillik shartnoma imzolagan.

2021-yil 4-mart kuni u „Antalyaspor“ga qarshi oʻyinda „Şükrü Saracoğlu“ stadionida Turkiya Superligasidagi debyutini amalga oshirgan; uchrashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlangan. 2021-yil 30-oktyabrda u „Konyaspor“ga qarshi jamoa safidagi ilk golini urgan, biroq „Fenerbahçe“ 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan.

2023–2024-yilgi mavsumda yangi murabbiy va jamoa afsonasi İsmail Kartal qoʻl ostida u mavsumda kuchli start olib, maydonda koʻproq mas’uliyatni oʻz zimmasiga olgan asosiy futbolchilardan biriga aylangan. Futbolchi Turkiya Superligasida 31 ta uchrashuvda 12 ta, UEFA Konferensiyalar ligasi musobaqasida esa 14 ta oʻyinda 6 ta gol muallifi boʻlgan.

2023-yil 26-oktyabrda u „Fenerbahçe“ libosida barcha musobaqalarda 100-uchrashuvida maydonga tushgan. Ushbu kunda boʻlib oʻtgan UEFA Konferensiyalar ligasi H guruhining uchinchi turidagi „Ludogorets Razgrad“ga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. „Fenerbahçe“ ushbu uchrashuvda „Şükrü Saracoğlu“ stadionida 3:1 hisobida gʻalaba qozongan.

2025-yil 12-yanvar kuni „Fenerbahçe“ Kahveci bilan iyun 2028-yilgacha moʻljallangan uch yillik shartnoma imzolagani haqida eʼlon qilgan.

Statistikasi Klub

+ KlubMavsumLigaTurkiya kubogiUEFABoshqaUmumiyDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarHacettepe (ijara)2013–14TFF Uchinchi Ligasi34442––386Gençlerbirliği2014–2015Turkiya Superligasi24561––3062015–2016Turkiya Superligasi32311––3342016–2017Turkiya Superligasi15110––161Umumiy7198200007911İstanbul Başakşehir2016–2017Turkiya Superligasi12140––1612017–2018Turkiya Superligasi2514140–3322018–2019Turkiya Superligasi3243020–3742019–2020Turkiya Superligasi29400102–3962020–2021Turkiya Superligasi182116300256Umumiy116121222250015019Fenerbahçe2020–2021Turkiya Superligasi12000––1202021–22Süper Lig2441040–2942022–2023Turkiya Superligasi27450103–4272023–2024Turkiya Superligasi3112101460046182024–2025Turkiya Superligasi26220141–4232025–2026Turkiya Superligasi80004000120Umumiy128229046100018332Karyerasidagi umumiy3494734668150045168 Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Turkiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak qanot yarim himoyachilari Turkum:Fenerbahçe S.K. futbolchilari Turkum:İstanbul Başakşehir F.K. futbolchilari