Akbank – Turkiyada faoliyat yuritadigan yirik banklardan biri. Bankka 1948-yil 30-yanvarda asos solingan. 2022-yil holatiga koʻra, bankning sof foydasi 60 milliard turk lirasini tashkil qiladi. „Brand Finance: Banking 500, 2018“ hisobotiga koʻra, bank „Turkiyaning eng qimmatli banki“ nominatsiyasida gʻoliblikni egallagan. Tarixi Akbankka 1948-yilning 30-yanvar sanasida Turkiyaning Adana shahrida asos solingan. Asoschilarning tugʻilgan shahri Qayseri boʻlganligi uchun bankka „Adana-Kayseri Bankası“ nomi tanlangan. Keyinchalik bank nomi qisqartirilib joriy nomga oʻtkazilgan. 1950-yilning 14-iyulida Istanbul shahrida oʻzining ilk filialini ochgan. 1954-yilda esa bosh qarorgohi Adanadan Istanbulga koʻchirilgan.

Manbalar

Turkum:Turkiya banklari