Dramane Salou (1998-yil 22-mayda tugʻilgan) – burkinafosolik professional futbolchi, Oʻzbekiston Superligasining „Dinamo Samarqand“ klubi va Burkina-Faso milliy terma jamoasida tayanch yarim himoyachi pozitsiyasida oʻynaydi.

Klub faoliyati

Uagaduguda tugʻilgan Salou oʻz futbolchilik faoliyatini mahalliy „Salitas“ klubida boshlagan. 2016-yilgacha akademiyada oʻynagan Salou, 2016-17-yilgi Burkina-Faso Premyer-ligasi mavsumida US des Forces Armées jamoasiga ijaraga berilgan. Burkina-Faso futbol tizimining oliy ligasida ilk bor maydonga tushgan. Ijara muddati yakunlangach, Salou oʻzining asosiy klubi Salitasning asosiy tarkibiga qoʻshilgan. Dramane mavsum davomida 3 ta gol urib, 5 ta golli uzatma bajarib, 2017-yil noyabr oyida mamlakat ichki chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Eng yaxshi oʻyinchi sifatida 100 ming CFA miqdorida mukofot olgan.

2018-yil 1-fevralida Serbiya Superligasi jamoasi „Partizan“ klubi bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. 2018-yil yozida Salou 2018-19-yilgi Serbiya Birinchi ligasi mavsumi uchun „Teleoptik“ klubiga ijara asosida oʻtgan. Bir yarim yildan soʻng, „Partizan“ Salouni hech qanday rasmiy musobaqada debyut qilmasdan turib u bilan hamkorlikni tugatishga qaror qilganPRVI ODLAZAK IZ PARTIZANA: Sporazumni raskid ugovora najbolje rešenje (FOTO), srbijadanas.com, 30 May 2019.

2020-yil 15-avgustda Armanistonning „Pyunik“ futbol klubi Slutsk jamoasidan Salouni transfer qilganini eʼlon qildi.

2022-yil 20-fevralda Salou Armanistonga qaytib, „Noah“ futbol klubiga oʻtgan. 2023-yil 7-fevralda Salou oʻzaro kelishuvga koʻra „Noah“ bilan shartnomasini bekor qilgan.

2023-yil 14-fevralda „Urartu“ Salou bilan shartnoma imzolaganini maʼlum qildi. 2024-yil 31-mayda Salou shartnomasi tugagach, „Urartu“ni tark etdi.

2024-yil 4-iyulda „Hapoel Haifa“ Salou bilan bir yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi.

Terma jamoadagi faoliyati

Salou yoshlar milliy terma jamoasining aʼzosi boʻlib, 2017-yilgi Afrika U-20 Millatlar kubogi saralash bosqichida oʻynash uchun tanlangan futbolchilar guruhiga kiritilgan edi. Burkina-Faso oliy ligasidagi oʻyinlaridan soʻng, Salou Burkina-Faso milliy futbol jamoasiga taklif etildi va 2017-yil 4-may kuni Benin bilan oʻtkazilgan oʻrtoqlik uchrashuvda (1:1 hisobida) rasmiy ravishda debyut qildi.

Oʻyin uslubi

Boʻyi 5 fut 9 dyuym (1,75 m) boʻlgan Salou asosan tayanch yarim himoyachi vazifasini bajaradi. U karyerasining dastlabki yillarida vazni va chidamliligi yetarli boʻlmagani sababli „faqat himoyaga yoʻnaltirilgan“ boʻlsa-da, voyaga yetgach, u hujumkor yarim himoyachiga aylandi. Burkina-Faso Premyer-ligasida oʻynab, Salou oʻzini golli uzatmalarni amalga oshirish va darvozaga xavf soluvchi oʻyinchi sifatida koʻrsatdi, bu esa uni musobaqadagi eng istiqbolli futbolchilar qatoriga qoʻshgan.

Faoliyat statistikasi Klub

+ Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha ishtirok va gollarKlubMavsumLigaMilliy kubokXalqaroBoshqaJamiDivizionOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarPartizan2017–18Serbiya Superligasi000000—002018–19000000—00Jami0000000000Teleoptik (ijara)2018–19Serbiya Birinchi ligasi18010——180Olimpik Donetsk2019–20Ukraina Premyer-ligasi7010——70Slutsk2020Belarus Premyer-ligasi13100——131Pyunik2020–21Armaniston Premyer-ligasi20020——220Umumiy faoliyat statistikasi58140——621

Xalqaro

Burkina FasoYilOʻyinlarGollar201710201800201900202000202110Jami20

Yutuqlar Klub Urartu Armaniston Premyer-ligasi: 2022–23 Armaniston kubogi: 2022–23 Salitas Faso kubogi: 2018 Partizan Serbiya kubogi: 2018

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Burkina Fasolik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol yarim himoyachilari Turkum:Salitas FC futbolchilari Turkum:US des Forces Armées futbolchilari Turkum:FK Partizan futbolchilari Turkum:FK Teleoptik futbolchilari Turkum:FC Olimpik Donetsk futbolchilari Turkum:FC Slutsk futbolchilari Turkum:FC Pyunik futbolchilari Turkum:FC Noah futbolchilari Turkum:FC Urartu futbolchilari Turkum:Hapoel Haifa F.C. futbolchilari Turkum:Serbiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Belarus Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Armaniston Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Armaniston birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Isroil Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Burkina Fasolik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Serbiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Ukrainadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Armanistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Isroildagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:2023-yilgi Afrika Millatlar Kubogi futbolchilari