Qoʻsh darvoza (; ), shuningdek, Paygʻambar darvozasi (; ) nomi bilan ham tanilgan yonma-yon joylashgan ikki darvoza, Al-Aqso masjidi devorining janubiy tomonida, imom minbarining tagida joylashgan. Darvozalar „Eski Al-Aqso“ deb ataluvchi, uzunligi 82 metr, eni taxminan 13 metr boʻlgan yoʻlak hamda qoʻsh eshik orqali masjid hovlilariga olib boradi. Yoʻlak uch eshikdan 80 metr narida, qibla tomondagi namozxona oldida joylashgan chiqish zinapoyasi bilan tugaydi. Eshik Vizantiya davriga mansub boʻlishi mumkin. Qoʻsh darvoza va Uch darvozaning ikkalasi ham Ma’bad tepaligining Janubiy devoridagi Hulda darvozasining bir qismi hisoblanadi.
Yana qarang Hulda darvozalari Ma’bad tepaligi darvozalari
Manbalar
Turkum:Al-Aqso masjidi Turkum:Alohida darvozalar