Zayd ibn Muso ibn Jaʼfar ibn Muhammad ibn Ali ibn Al-Husayn ibn Ali ibn Abu Tolib (arabcha: زيد بن موسى بن جعفر بن محمد بن علي بن الحسين بن علي بن أبي طالب) — yettinchi shia imomi Muso al-Kozimning kichik oʻgʻli.
U 815-yilda Abulsaraya boshchiligidagi muvaffaqiyatsiz Alaviylar qoʻzgʻolonida, Abbosiylar xalifaligiga qarshi isyonda qatnashdi va bu vaqt ichida Basra shahrini egallab, boshqardi. at-Tabariyga koʻra, uning hukmronligi Abbosiylar tarafdorlariga qarshi pogrom bilan xarakterlangan boʻlib, u Abbosiylar sulolasi aʼzolari yoki ularning tarafdorlariga tegishli koʻplab uylarni yoqib yuborishni buyurgani uchun Zayd an-Nar („Olov Zaydi“) taxallusini oldi. Kufada Abulsarayaning magʻlubiyatidan soʻng, Basra bir muddat qarshilik koʻrsatdi, soʻngra Abbosiylar lashkarboshi Ali ibn Abu Said tomonidan egallandi. Zayd Alidan omonlik xati oldi va unga taslim boʻldi. Uning ukasi Ibrohim ham qoʻzgʻolonda qatnashib, bir muddat Yamanni boshqardi.
Koʻp oʻtmay, Zayd qamogʻidan qochdi va 816-yil iyun oyida Abulsarayaning ukasi bilan birga Anbarda yana qoʻzgʻolon koʻtardi. Ular tez orada Abbosiy qoʻshinlari tomonidan tor-mor etilib, yana qoʻlga olindi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:8-asrda tugʻilganlar Turkum:9-asrda vafot etganlar Turkum:IX asr arablari Turkum:Abbosiylar xalifaligining asirlari va mahbuslari Turkum:Toʻrtinchi fitna ishtirokchilari Turkum:Husayniylar Turkum:Basra tarixi Turkum:Abbosiylar xalifaligi davrida Iroq