Qubbat az-Zum masjidi () – Yamanning Jibla shahrida joylashgan tarixiy masjid, turistik diqqatga sazovor joy. XVI asrda Shayx Yaʼqub ismli kishi tomonidan qurilgan.
Nomlari Masjid „Qubbat Bayt az-Zum masjidi“ nomi bilan ham maʼlum, shuningdek, uni qudirgan inson sharafiga „Qubbat ash-Shayx Yaʼqub az-Zum masjidi“ deb ham ataladi.
Tarixi Mehrobda mavjud bitikka koʻra, masjid 921-hijriy yilda (milodiy 1515–1516-yillarda) qurilgan. Masjid meʼmori Muhammad ibn Idris al-Habshiy boʻlgan. Masjid quruvchisi esa maʼlum bir Shayx Yaʼqub boʻlib, u masjid uchun vaqf qilingan yerlar va mulklarni, shuningdek, barcha xarajatlar va xizmatlarni koʻrsatib beradigan hujjatni tayyorlagan.
Maqsadi Masjidda hozirgi kunga qadar namoz oʻqiladi. Shuningdek, inshoot Jibla tarixiy shahrining turistik diqqatga sazovor joylaridan biri hisoblanadi.
Yana qarang
Yamandagi masjidlar roʻyxati Janubiy Arabiston
Manbalar
Turkum:1510-yillarda qurib bitkazilgan masjidlar Turkum:Yamandagi masjidlar Turkum:1516-yilda qurib bitkazilgan diniy binolar va inshootlar