Al-Azhar masjidi () – Misrda oddiygina al-Azhar nomi bilan tanilgan, Qohira shahrining tarixiy islomiy markazida joylashgan masjid. Milodiy 970-yilda Fotimiylar xalifaligining yangi poytaxti sifatida asos solingan, keyinchalik “Ming minora shahri” laqabini olgan shaharda barpo etilgan ilk masjid. Masjid nomi, odatda, az-Zahrāʾ () so‘zidan kelib chiqqan deb hisoblaniladi, bu taxallus Islom payg'ambari Muhammadning qizi Fotimaga berilgan.
972-yilda masjid rasmiy ravishda ochilgan, 989-yilda masjid ma’muriyati tomonidan 35 nafar olim yollangach, masjid asta‑sekin bugungi ko‘rinishiga ega ilm maskaniga aylana bordi.
Masjid bilan bog‘liq Al-Azhar universiteti dunyodagi uzluksiz faoliyat yuritib kelayotgan oliy o‘quv yurtlari orasida Idrisiylar davrida Fes shahrida joylashgan Al-Qaraviyindan keyingi ikkinchi qadimiy universitet hisoblanadi. Qadimdan sunniy kalom va shariat, ya’ni islom huquqi bo‘yicha islom olamidagi yetakchi ilmiy muassasa sifatida qaralib kelgan. 1961-yilda asos solinganidan buyon masjid tarkibidagi masjid-maktab tizimiga integratsiyalashgan holda faoliyat yuritgan bu dargoh davlat tasarrufiga o‘tkazildi va 1952-yilgi Misr inqilobidan so‘ng rasmiy ravishda alohida universitet Al-Azhar ash-Sharif maqomini oldi.
O‘zining ming yildan ortiq tarixiy yo‘lida masjid ba’zi davrlarda e’tiborsiz qoldirilgan, ba’zi davrlarda esa yuksak qadrlangan. Dastlab shia ismoiliy muassasasi sifatida tashkil etilgani sababli Salohiddin Ayyubiy va uning tomonidan asos solingan sunniy Ayyubiylar sulolasi al-Azhardan yuz o‘girdi, uni jome masjid maqomidan mahrum qildi va bu yerda o‘qiyotgan talabalar hamda dars berayotgan mudarrislarga beriladigan stipendiyalarini to‘xtatdi. Bu choralar keyinchalik Mamluk sultonligi davrida bekor qilindi va ularning hukmronligi ostida masjid bir necha bor kengaytirildi va ta’mirlandi. Keyingi davrlardagi Misr hukmdorlari masjidga turlicha darajada hurmat ko‘rsatgan, ham madrasa, ham masjidning o‘ziga moliyaviy ko‘makni turlicha miqdorda ajratgan. Bugungi kunda al-Azhar Misr jamiyatida nihoyatda katta ta’sirga ega, sunniy musulmon olamida esa hurmatga sazovor diniy markaz va islomiy Misr davlati ramzi bo‘lib qolmoqda.
Nomi 969-yilda Misrning Fotimiylar tomonidan zabt etilganidan so‘ng, fotimiy xalifa al-Muʼizz nomidan fotimiy lashkarboshisi Javhar as-Siqilliy tomonidan Qohira shahriga asos solingan. Avvaliga Fotimiylar xalifaligining ilgari poytaxti bo‘lgan, hozirgi Tunis hududidagi al-Mansuriyya shahri sharafiga () deb atalgan. 972-yilda ilk bor ibodat uchun ochilgan masjid dastlab o'sha davr odatiga ko‘ra, (, "Mansuriyya jome masjidi") deb atalgan bo‘lishi mumkin. Aynan al-Muizz shahar nomini (, “G‘olib shahar”) deb o‘zgartirgan. Shundan so‘ng masjid nomi ham (, "Qohira jome masjidi") bo‘lgan va va bu nom arab manbalarida ilk bor qayd etilgan.
Masjid hozirgi nomini al-Muizz xalifaligi davridan boshlab Misrdagi ikkinchi fotimiy xalifa al-Aziz Billoh () hukmronligining oxirigacha bo‘lgan oraliqda olgan. so‘zi so‘zining muzakkar shakli bo‘lib, “juda porloq” yoki “eng ravshan” ma’nolarini anglatadi. — bu islom payg'ambari Muhammadning qizi, xalifa Alining rafiqasi Fotimaning taxallusidir. Fotima al-Muizz va fotimiylar sulolasi imomlarining ajdodi sifatida ko‘rsatilgan. Shuning uchun masjid nomi aynan uning taxallusidan olingan, degan nazariya mavjud. Biroq bu nazariya birorta arab manbasida tasdiqlanmagan, uning ishonchliligi g‘arb olimlari tomonidan qo‘llab‑quvvatlanmagan, shuningdek, rad ham etilmagan.
Yana bir nazariyaga ko‘ra, masjid nomi fotimiy xalifalar tomonidan o‘z saroylariga berilgan nomlardan kelib chiqqan. Masjid yaqinidagi saroylar al-Aziz Billoh tomonidan birgalikda (, "Porloq saroylar") deb atalgan, qirollik bog‘lariga esa so‘zidan olingan boshqa bir atama berilgan. Bu saroylar masjid nomi dan ga o‘zgartirilishidan avval qurilib, shunday nomlangan edi.
so‘zi arab tilidagi ildizidan kelib chiqqan bo‘lib, “yig‘moq”, “jamlamoq” ma’nosini anglatadi. Bu so'z so‘z yirik jome masjidlarga nisbatan qo'llaniladi.
Tarixi
Fotimiylar xalifaligi
Misr zabt etilgach, Javhar as-Siqqiliy xalifaning saroy hovlisi va Fotimiylar qoʻshini uchun qirollik majmuasi qurilishiga boshchilik qildi hamda Ismoiliylar shia islomini yoyish markazi sifatida al-Azharni qurdirdi. Zich aholiga ega sunniy shahar Fustot yaqinida joylashgan Qohira Ismoiliylar shia islom mazhabining markaziga va Fotimiylar imperiyasining poytaxtiga aylandi.
Javhar yangi shahar uchun jome masjid qurishni buyurdi, qurilish ishlari 970-yil 4-aprelda boshlandi. Masjid ohaktoshdan, Muqattam tepaliklari konlaridan olingan toshlardan bunyod etildi. Masjid qurilishi 972-yilda tugallandi va ilk juma namozi ramazon oyida 972-yil 22-iyunda oʻqildi.
Al-Azhar tez orada islom olamining ilm markaziga aylandi, rasmiy bayonotlar va sud majlislari shu yerda eʼlon qilinar va oʻtkazilar edi. Fotimiylar hukmronligi davrida ilgari yashirin saqlanib kelgan Ismoiliy i (fiqh maktabi) taʼlimoti keng jamoatchilikka ochildi. An-Nuʼmon ibn Muhammad al-Muʼizz davrida etib tayinlandi va Ismoiliy aqidasini oʻqitish ishlariga boshliq etib tayinlandi. Darslar xalifa saroyida ham, al-Azhar masjidida ham oʻtilar, ayollar uchun alohida majlislar ham boʻlardi. 973-yilda Roʻza hayiti bayramida masjid xalifa tomonidan Qohiraning rasmiy jome masjidi maqomi berildi. Al-Muʼizz ham, undan keyin xalifa bo'lgan oʻgʻli ham Ramazon oyida al-Azhar masjidida kamida bir marta juma xutbasini o‘qigan.
Qomusiy olim, faqih va Fotimiylarning birinchi rasmiy vaziri Yaʼqub ibn Killis 988-yilda al-Azharni islom huquqi boʻyicha asosiy ta'lim markaziga aylantirdi. Keyingi yili ushbu maskanda dars berish uchun 45 nafar olim jalb qilindi. Shu tariqa musulmon dunyosidagi yetakchi universitetga aylanishi uchun poydevor qo‘yildi.
Masjid xalifa al-Aziz Billoh hukmronligi davrida kengaytirildi. Misrlik tarixchi al-Mufaddalning yozishicha, u masjidning ayrim qismlarini taʼmirlashni buyurgan va shiftni bir tirsak balandlatgan. Keyingi Fotimiy xalifasi al-Hakim bi-Amrilloh () masjidni taʼmirlashni davom ettirib, 1010-yilda yangi yogʻoch eshik oʻrnattirgan. Biroq al-Hakim davrida al-Hakim masjidi qurib bitkazilgan va al-Azhar Qohiraning asosiy jome masjidi maqomidan ayrilgan. 1009-yil may oyida al-Hakim masjidi xalifaning xutbalari oʻqiladigan yagona maskanga aylandi. Bundan avval al-Hakim juma xutbasini qayerda oʻqishni navbatma-navbat oʻzgartirib turardi. Al-Hakim hukmronligi davridan keyin al-Azhar xalifa al-Mustansir Billoh () tomonidan qayta taʼmirlandi. Qolgan Fotimiy xalifalari hukmronligida ham qoʻshimchalar va taʼmirlash ishlari davom ettirildi. Xalifa al-Hofiz 1138-yilda yirik qayta qurish ishlarini amalga oshirdi, shuningdek, namozgohning markaziy kirish qismidagi gumbaz ham aynan uning topshirig'i bilan barpo etildi.
Dastlab al-Azhar masjidining kutubxonasi bo'lmagan, 1005-yilda Fotimiy xalifasi tomonidan minglab qoʻlyozmalar masjidga vaqf qilingan va shu orqali masjid kutubxonasi shakllandi. Aholi orasida Ismoiliy amaliyotini qaror toptirishga qaratilgan Fotimiylar saʼy-harakatlari esa, asosan, muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Fotimiylar xalifaligining qulashi bilan yuzaga kelgan tartibsizliklar natijasida kutubxonaning koʻp qoʻlyozmalari tarqab ketdi va oradan koʻp oʻtmay al-Azhar masjidi sunniy maskanga aylandi.
Ayyubiylar sulolasi
Salohuddin al-Ayyubiy 1171-yilda Fotimiylar hokimiyatini agʻdarib tashlagan, Fotimiylar xalifaligi davrida al-Azharda ilgari surilgan shia taʼlim pribsiplari bilan kelisha olmadi. Shu sababli Ayyubiylar sulolasi davrida masjid qarovsiz qoldi. Jamoaviy namoz o'qish Salohuddin tomonidan qozi etib tayinlangan Sadriddin ibn Dirbass tomonidan taqiqlangan. Bu farmonning sababi, ehtimol, jamoat namozlarini bir jamiyatda faqat bitta masjidda oʻqishni koʻzda tutgan shofiʼiy taʼlimoti yoki yangi sunniy hukmdorning avvalgi shia muassasasiga boʻlgan ishonchsizligi boʻlgan. Shu vaqtda ancha kattaroq al-Hakim masjidi qurib bitkazilgan edi va Qohirada jomeʼ namozlari aynan oʻsha yerda oʻqilar edi.
Al-Azharni jomeʼ masjid maqomidan mahrum etishdan tashqari, Salohuddin masjidning mehrobidan Fotimiy xalifalari nomlari yozilgan kumush kamarni olib tashlashni ham buyurdi. Shu va boshqa masjidlardan yechib olingan shunga oʻxshash kumush kamarlar jami 5 000 dirhamni tashkil etgan. Salohuddiin masjidning butunlay qarovsiz qolishiga ham yoʻl qoʻymagan. Tarixchi al-Mufaddalning so'zlariga koʻra, uning hukmronligi davrida masjid minoralaridan biri balandlashtirilgan.
Masjiddagi taʼlim markazi ham zarar koʻrgan. Al-Azhar masjidi kutubxonasi e'tiborsiz qoldirildi va al-Azharda saqlangan Fotimiylar taʼlimotiga oid qoʻlyozmalar yoʻq qilindi. Ayyubiylar sulolasi Qohira boʻylab qurilgan subsidiyalangan madrasalarda sunniy ilohiyot taʼlimini rivojlantirdi. Talabalarga beriladigan mablagʻlar bekor qilindi, masjidda muntazam ravishda o'tiladigan darslar toʻxtatildi va Fotimiylar davrida yaxshi yashagan mudarrislar tirikchilik uchun boshqa faoliyat bilan shug'ullanishga majbur boʻldi.
Shunga qaramay, al-Azhar bu davr mobaynida arab filologiyasi va ilm-maʼrifat maskani boʻlib qolaverdi. Rasmiy darslar bekor qilinsa-da, masjidda xususiy saboqlar davom etardi. Ma'lumotlarga ko'ra, al-Bagʻdodiy al-Azharda qonun va tibbiyot kabi bir qator fanlardan dars bergan. Aytishlaricha, Salohuddin unga 30 dinor maosh toʻlagan, bu miqdor Salohuddinning merosxoʻrlari tomonidan 100 dinorga oshirilgan. Masjid Salohuddin va uning vorislari tomonidan eʼtiborsiz qoldirilgan boʻlsa-da, sunniy Ayyubiylar sulolasining siyosati al-Azhar masjidi rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi.
Mamluk sultonligi
Jamoat namozlari Mamluk sultonligi davrida 1266-yilda Sulton Baybars tomonidan al-Azhar masjidida qayta tiklandi. Salohuddin va Ayyubiylar amal qilgan shofi’iylik ta’limotiga koʻra, bir mahallada jamoat namozi o'qilishi uchun faqat bitta masjid boʻlishi lozim edi, Mamluklar ergashgan hanafiylik mazhabi esa bunday cheklov qoʻymagan. Al-Azhar bu paytga kelib Fotimiylar va ismoiliy ta’limotlari bilan bogʻliqligini yoʻqotgan edi. Qohiraning tez kengayishi sharoitida masjid maydoniga ehtiyoj ortgani Baybarsga al-Azhar tarixiga e’tibor bermasdan, masjidni oldingi nufuziga qaytarish imkonini berdi. Baybars va Mamluk sultonligi davrida al-Azhar talabalar va mudarrislar uchun stipendiyalar qayta joriy qilindi hamda deyarli 100-yil davomida e’tiborsiz qolgan masjidni ta’mirlash ishlari boshlandi. Al-Mufaddalning so'zlariga koʻra, amir ‘Izz ad-Din Aydamur al-Hilli oʻz uyini masjid yoniga qurib, shu bilan birga masjidni ham ta’mirlagan. Al-Maqriziy bergan ma'lumotlarga ko'ra, amir devorlar va tomni ta’mirlab, qaytadan pol yotqizgan va yangi gilamlar bilan to'shagan. Fotimiy xalifasi al-Hakim davridan beri birinchi bor 1266-yil 16-yanvarda masjidda xutba oʻqilgan, xutba besh kun oldin qurib bitkazilgan yangi minbarda oʻqilgan.
1302-yilda sodir bo'lgan zilzila al-Azhar va Mamluk hududidagi boshqa koʻplab masjidlarga zarar yetkazdi. Qayta qurish ishlari sultonlik amirlari (shahzoda va amaldorlar) hamda qoʻshin boshligʻi Sayfiddin Salarga yuklandi. Bu Baybars hukmronligidan keyingi ilk ta'mirlash ishlari edi. Oradan yetti yil oʻtgach, masjid shimoli-gʻarbiy devori boʻylab maxsus maktab Madrasa al-Aqbugʻaviyya qurildi. Yangi binoga joy ochish uchun masjid devorining ayrim qismlari olib tashlandi. Yana bir maktab Madrasa al-Taybarsiyya qurilishi 1332–1333-yillarda boshlandi. 1339–1340-yillarda qurib bitkazilgan bu bino ham masjid tuzilishiga ta’sir koʻrsatdi, chunki u tahorat favvorasi oʻrnida qad rostladi. Har ikkala madrasa al-Azharni toʻldiruvchi binolar sifatida qurilgan boʻlib, oʻz alohida kirish eshiklari va ibodat zallariga ega edi.