Olmaotadagi dekabr voqealari, yana Jeltoqsan () nomi bilan ham tanilgan – 1986-yil 17–18-dekabr kunlari Qozogʻiston SSR poytaxti boʻlgan Olmaota shahrida sodir boʻlgan, hukmron kommunistik partiya qarorlariga qarshi yoʻnaltirilgan va ommaviy xalq noroziliklari shaklini olgan qozoq yoshlarining chiqishlari.
Rasmiy versiyaga ko‘ra, tartibsizliklar KPSS MK Bosh kotibi M. S. Gorbachyovning Qozog‘iston Kommunistik partiyasi birinchi kotibi lavozimidan D. A. Qoʻnayevni ozod etib, uning o‘rniga Qozog‘iston SSRda ilgari hech qachon ishlamagan KPSS Ulyanovsk viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi G. V. Kolbinni tayinlash haqidagi qarori sababli boshlangan. Ommaviy tartibsizliklarga aylangan miting ishtirokchilari respublika rahbari lavozimiga mahalliy, tub aholi vakilini tayinlashni talab qildilar. Keyinchalik qozoq yoshlarining norozilik chiqishlari Qozog‘istonning boshqa shahar va hududlarida ham bo‘lib o‘tdi. Qozogʻistondagi dekabr voqealari qayta qurish davrida butunittifoq markaziy hokimiyatga qarshi boʻlgan ilk chiqishlardan biri boʻldi. Keyinchalik shunga oʻxshash voqealar Minskda (1988), Tbilisida (1989), Bakuda (1990), Dushanbeda (1990), Vilnyus va Rigada (1991) yuz berdi.
Chiqishning oʻzi rahbariyat uchun kutilmagan boʻlib, uning sabablari va xarakteri esa noaniq edi.
Mustaqillik Qozog‘iston 1991-yil 16-dekabrda, ya’ni Jeltoqsan voqealaridan besh yil o‘tib, mustaqilligini e’lon qildi. Dekabr voqealariga oid ko‘plab hujjatlar Moskva va Olmaota arxivlarida saqlanmoqda va hozirgacha oshkor etilmagan, xususan, N. A. Nazarbayevning roli to‘liq aniqlanmaganЗагадки «Желтоксана». К 25-летию алма-атинских событий 16-18 декабря 1986 года. Архивировано 7 февраля, 2021. Maxfiy hujjatlarga kirish imkoniyatining yo‘qligi bu voqealarga xolis tarixiy va huquqiy baho berishga to‘sqinlik qilmoqda.
Manbalar
Turkum:Qayta qurish Turkum:Olmaotadagi voqeolar Turkum:Jamoat tartibini buzish Turkum:SSSRda namoyishlar Turkum:Qozogʻistonda namoyishlar