László Krasznahorkai (; 1954-yil 5-yanvar — vengriyalik yozuvchi, romannavis va ssenarist. Yozuvchi murakkab va oʻquvchidan katta eʼtibor talab qiladigan romanlari bilan tanilgan boʻlib, bu asarlar koʻpincha postmodern adabiyoti doirasida baholanadi hamda antiutopik va mungli (melanxolik) mavzularni yoritadi. Uning bir qator asarlari, jumladan Satantango (Shayton tangosi, 1985) va The Melancholy of Resistance (Qarshilik melanxoliyasi, 1989) romanlari rejissyor Béla Tarr tomonidan badiiy filmlar sifatida ekranlashtirilgan.
2025-yilda Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofotga izoh sifatida uning “halokat va vayronalik ruhi hukmron boʻlib borayotgan bir zamonda san’atning qudratini yana bir bor isbotlay olgan va buni oldindan koʻra olgan teran ijodi” alohida e’tirof etilgan. Hayoti va taʼlimi László Krasznahorkai 1954-yil 5-yanvarda Vengriyaning sharqida joylashgan Gyula shahrida, oʻrtahol oilada tugʻilgan. Otasi György Krasznahorkai huquqshunos (advokat), onasi Júlia Pálinkás esa ijtimoiy ta’minot sohasida ma’mur boʻlib ishlagan.
Yozuvchi intervyularida kelib chiqishi ota tomondan yahudiy ekanini ta’kidlagan. Uning aytishicha, otasi dastlab bu holatni undan yashirgan va faqat taxminan 11 yoshdaligida bu haqda ochiq aytgan. Shuningdek, onasi tomondan ajdodlari Transilvaniyadan chiqqan venger haydutlari (harbiy guruh) bo‘lganini ham qayd etgan. 1931-yilda otasi tomondan bobosi oilaviy familiyani Korim (yoki Korin)dan Krasznahorkaiga o‘zgartirgan. Lászlóning akasi Géza Krasznahorkai Gyula shahridagi Mogyoróssy János nomidagi shahar kutubxonasining direktori boʻlgan.
Manbalar
Havolalar Turkum:Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureatlari