Rofi ibn Abi Layl ibn Ulayyan al-Kalbiy () () (taxallusi (faxriy unvoni) Izz ad-Davla () nomi bilan ham tanilgan) – XI asr oʻrtalarida Suriyadagi Kalb qabilasining amiri.
Hayoti Rofi amakisi Sinan ibn Ulayyan vafotidan soʻng, 1028-yilda Kalb amirligi lavozimi boʻldi. Sinan Kalbni Fotimiylar xalifaligiga qarshi ittifoqqa kiritgan edi; bu ittifoqda yana ikki badaviy qabila ittifoqi – Hassan ibn Mufarrij boshchiligidagi Tay hamda Solih ibn Mirdos boshchiligidagi Kilab ishtirok etgan. Ammo Rofi davrida Kalb fotimiylar tomoniga oʻtdi. Bu Rofi xalifa az-Zohirga () sodiqligini eʼlon qilib, buning evaziga Sinanning iqtosi (mulklari)ni boshqarish huquqini olganidan keyin sodir boʻldi. Fotimiylar Anushtakin ad-Dizboriyni Tay va Kilabga qarshi yuborgan paytda Rofi va Kalb qabliasi Tiberiya koʻli yaqinidagi hal qiluvchi al-Uxuvona jangida u bilan kurashdilar. Jangda Solih halok boʻlganidan keyin Rofi uning va oʻgʻlining jasadlarini aniqladi, ularning boshlarini kesib, Anushtakinga yubordi. Rofi boshchiligidagi Kalb keyinroq Solihning vorisi Shibl ad-Davla Nasrga qarshi Anushtakinning 1038-yildagi yurishida ham ishtirok etdi. Bu yurish Nasrning oʻldirilishi va fotimiylarning Halabni qayta egallashi bilan yakunlandi.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:11-asr arablari Turkum:11-asr suriya kishilari Turkum:Banu Kalb Turkum:Fotimiylar xalifaligi davrida Suriya