Roziy universiteti (, Dāneshgāh-e Rāzi) – Eronning Kirmonshoh shahrida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasasi. Universitetning tabiiy fanlar va muhandislik yoʻnalishlari boʻyicha fakultetlari butun Eron boʻylab koʻplab abituriyentlarni, xususan, mamlakatning gʻarbiy viloyatlaridan keluvchi nomzodlarni jalb etadi. Universitetda hozirda qariyb 13 ming nafar talaba tahsil oladi. Ular bir nechta bakalavriat (B. A., B. S.), magistratura (M. A., M. S.) va PhD dasturlariga qabul qilinadi.
Roziy universiteti hozirda Eronning gʻarbiy hududidagi eng yaxshi oliy taʼlim muassasalaridan biri hisoblanadi va mamlakatdagi yetakchi kompleks universitetlar qatoriga kiradi.
Nomlanishi Universitet oʻz nomini uchinchi asrda yashab ijod qilgan mashhur eronlik olim Abu Bakr ar-Roziy (lotinlashtirilgan nomi bilan – Rhazes) sharafiga olgan. Tarixi Universitetning ilk fakulteti Tabiiy fanlar fakulteti 1972-yilda Dr. Abdolali Guya tomonidan tashkil etilgan. 1972–1973 oʻquv yili boshida fizika, kimyo, biologiya va matematika yoʻnalishlarida tahsil olgan 200 nafar talaba bilan universitet hamda fakultet rasmiy faoliyatini boshlagan.
Tibbiyot fakultetining Kirmonshohda, Oʻqituvchilar tayyorlash fakultetining Sanandajda va Veterinariya fakultetining Ilomda tashkil etilishi bilan Roziy universiteti faoliyati kengaydi. Islom inqilobidan soʻng ushbu fakultetlar alohida oliy taʼlim muassasalariga ajratildi va mos ravishda Kirmonshoh tibbiyot fanlari universiteti, Kurdiston universiteti hamda Ilom universitetiga aylantirildi. Tadqiqot va taʼlim markazlari Hozirda Roziy universiteti quyidagi markazlarni oʻz ichiga oladi:
Arxitektura va shaharsozlik tadqiqotlari markazi (RCAUPS) Shahar tadqiqotlari markazi (CUS) Kiberxavfsizlik hodisalari markazi Roziy universiteti til markazi (RULC) Til koʻnikmalari boʻyicha malaka testi (RULPT) Korporativ arxitektura laboratoriyasi (EAL) Bulutli hisoblash tadqiqot markazi (CCRC) Atrof-muhit tadqiqotlari markazi (CES) Telekom tadqiqot instituti (RITR)
Xalqaro jurnallari Advanced Technologies in Water Efficiency Advances in Nanochemistry Aging Psychology Agrotechniques in Industrial Crops Biodiversity and Animal Taxonomy Cereal Biotechnology and Biochemistry Education and Management of Entrepreneurship Geography and Sustainability of Environment International Political Economy Studies Journal of Applied Research in Water and Wastewater Journal of Catalyst and Reaction Engineering Journal of Workbook of Literary Texts in the Iraqi Period Mesopotamian Political Studies Public Sector Economics Research in Comparative Literature Research in Western Iranian Languages and Dialects Research on Fictional Literature Technology Assisted Language Education
Manbalar
Havolalar Official website
Turkum:Erondagi universitetlar