Sanniriya masjidi () – Iordan daryosining Gʻarbiy sohilidagi Qalqilya muhafazasi Sanniriya qishlogʻi markazida joylashgan masjid. Qalqilya muhafazasining arxeologik va tarixiy yodgorliklaridan birihttps://www.maannews.net/news/676176.html.
Tarixi Masjidning qurilishi 1375-yilga yaʼni, Mamluklar davlatining hukmronlik davriga toʻgʻri keladi
Tavsifi Masjid ikki qavatdan iborat: birinchi qavati Mamluklar davriga oid boʻlib, ikkinchi qavati esa keyinchalik, Usmonli imperiyasi davrida qurilgan yangi inshootdir.
Meʼmorchiligi Tarixiy Sanniriya masjidi islomiy meʼmorchilik uslubi va tamoyillariga muvofiq qurilgan boʻlib, unda ravoqlar, burchaklar, gumbazlar va kamarlar mavjud.
Eski masjidning bosh kirish qismida sakkiz qirrali yulduz tasviri va Mamluklar davlati tamgʻasi oʻyib ishlangan toshlar mavjud.
Masjidning janubiy tomonida kichik deraza boʻlib, u qabrlar va qadimiy xarobalar tomon yoʻl ochadi. Shuningdek, masjid ostida bir g‘or ham bor.
Yana qarang
Levant arxeologiyasi Falastindagi masjidlar roʻyxati Falastinda islom
Manbalar
Turkum:Qalqilya Turkum:Levant arxeologiyasi Turkum:Falastin ziyoratgohlari Turkum:Falastindagi masjidlar Turkum:G‘arbiy Sohildagi masjidlar Turkum:Osiyodagi Usmonlilar masjidlari Turkum:Qalqilya muhafazasi