Rossiyada 2025-yildagi internet cheklovlari 2025-yilning may oyida boshlangan keng ko‘lamli internet uzilishlari va mobil aloqa cheklovlarini anglatadi."Кремль предупредил об ограничениях в работе интернета до 10 мая". РБК. 2025-05-07. 2025-yil iyun oyida mamlakat bo‘ylab 655 ta, iyulda esa 2 099 ta internet o‘chirilishi qayd etildi,"Disruptions of cellphone internet links in Russia are spreading". AP News. 2025-07-18. bu esa yil davomida dunyodagi barcha uzilishlar sonidan oshdi.https://cybersport.metaratings.ru/news/v-rossii-uchastilis-otklyucheniya-interneta-v-iyune-zafiksirovano-azh-655-sluchaev-496421/
Rasmiy idoralar cheklovlar "dronlardan himoyalanish" maqsadida joriy etilganini ta’kidlagan. Ammo iyul oyiga kelib uzilishlar mamlakatning barcha hududlarida, hatto frontdan uzoq joylarda ham kuzatildi."Почти рекордные отключения связи...". iznanka.news. 2025-06-21.
Ko‘plab foydalanuvchilar faqat mahalliy rus saytlariga kira olgani, Cloudflare, Amazon kabi CDN xizmatlari orqali yuklanadigan xorijiy resurslar esa ishlamaganini bildirishdi. Hodisa internetning hukumat nazoratidagi variantiga istehzo bilan berilgan nom – Cheburnet memini paydo qildi.
Tarix Rossiyada ommaviy internet uzilishlari bir necha bor turli sabablar bilan tashkil etilgan. 2019-yilda Moskva namoyishlari vaqtida ilk bor mobil internet cheklovlari kuzatilgan."В России стали отключать интернет под предлогом борьбы с дронами...". Новая газета Европа. 2025-06-02.
2025-yil may oyida G‘alaba kuni arafasida 40 dan ortiq hududda mobil aloqa vaqtinchalik o‘chirildi."Отключают, чтобы дроны не прилетали". vot-tak.tv. Rossiya kuni (12-iyun) dan so‘ng uzilishlar butun mamlakat bo‘ylab kengaydi. “On the Line” loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, iyunda 655 ta, mayda esa faqat 69 ta uzilish qayd etilgan.
Ba’zi mintaqalarda mobil internet bir necha kunlab ishlamadi. Mamlakat hududining 80 % dan ortig‘i hech bo‘lmaganda vaqtincha internetdan uzilgan."Интернет в России отключат? В 80% страны не было связи". novochag.ru.
Iyunda deputatlar mobil internet uzilishlari haqida SMS-xabarnoma tizimini joriy etishni taklif qildi.CNews.ru. "Ситуация накаляется...".
Qo‘shimcha voqealar 2025-yil 24-iyunda prezident Vladimir Putin Rossiyada milliy messenjer – Max xizmatini yaratish haqida farmon imzoladi.1tv.ru. "Путин подписал указ..." 30-iyunga kelib Max birinchi million foydalanuvchini qayd etdi.1tv.ru. "Первый миллион пользователей..."
Davlat Duma deputati Sergey Boyarskiy milliy messenjer paydo bo‘lgach, xorijiy platformalarga nisbatan sanksiyalar kuchaytirilishi mumkinligini aytdi.РБК. "В Госдуме назвали условие..." 2025-06-27.
Fikrlar Internetni himoya qilish jamiyati rahbariga ko‘ra, dronlar asosan GPS orqali boshqariladi, internetni o‘chirib ularni to‘xtatib bo‘lmaydi, chunki zamonaviy dronlar inertial navigatsiya tizimlaridan foydalanadi.DW. "Жизнь при шатдауне...". 2025-05-28.
Human Rights Watch vaziyatni erkinliklarni cheklash va internetni segmentlab, Xitoyning “Buyuk Fayervoli” modeliga yaqinlashish deb baholadi.Human Rights Watch. "Russia: Internet Blocking..." 2025-07-30.
Access Now kabi tashkilotlar uzilishlarning qonuniy asosga ega emasligi va inson huquqlarini buzishini ta’kidladi.therecord.media. "Russian internet shutdown..."
Mutaxassislar hukumat DPI (Deep Packet Inspection) texnologiyasidan keng foydalanayotganini qayd etmoqda.
2024-yil oxirida Rossiya global internetdan uzilish bo‘yicha bir necha bor “mashqlar” o‘tkazgani NetBlocks va Access Now hisobotlarida tasdiqlangan.CNews.ru. "Россия готовится к отключению..."
Oqibatlar Internet uzilishlari turli hududlardagi aholida minglab shikoyatlarga sabab bo‘ldi. Messendjerlar, bank ilovalari, oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlari, taksi ilovalari va marketpleyslar ishlamay qoldi.Новая газета. "Страну отключили..."
Aholi ovozli qo‘ng‘iroqlarda uzilishlar, SMS yuborish muammolari va navigatorlar ishidagi xatoliklarni bildirdi.
Taksi xizmatlari buyurtmalarni bajarishda qiyinchilikka uchradi, temir yo‘l chiptalarini mobil ilova orqali sotib olish imkoni bo‘lmay, vaqtincha faqat naqd to‘lov qabul qilingan.ura.news. "Взлетевшие цены на такси..."
TechRadar hisob-kitobiga ko‘ra, 2025-yil iyulida iqtisodiy zarar 26 milliard rubl (~290 million dollar)ni tashkil etgan.TechRadar. Ellen Jennings-Trace. 2025-08-04.
Manbalar
Turkum:Internet