Lavashak () – Eron oshxonasiga xos boʻlgan nordon, shoʻr yoki shirin taʼmli mevali qoqisi. U odatda olxo‘ri, o‘rik, anor kabi mevalar pyuresidan yoki turli meva pyurelarining aralashmasidan tayyorlanadigan yupqa, zich va quritilgan qatlamdan iborat.

Lavashak Eronning juda qadimiy mevali qoqisi boʻlib, uning tarixi ming yillarga boradi. Lavashak tayyorlash uchun mevalar qaynatilib quyuqlashtiriladi, bir oz tuz qoʻshiladi, keyin esa elakdan oʻtkaziladi. Hosil boʻlgan massa taxminan ikki millimetr qalinlikda tekis qilib yoyilib, sovib qotguncha quritiladiNajmieh Batmanglij: Plum Paste Rolls (Fruit Roll-ups). In: New Food of Life. Mage Publishers, Washington DC 1992, S. 275.

Lavashak Eron oshxonasida shirin, nordon va shirin-nordon turlarda uchraydi.

Lavashak qadim zamonlardan beri mevalarni saqlash usuli sifatida ishlatilgan. Avlodlar davomida u uy sharoitida anʼanaviy tarzda tayyorlanib kelingan. Hozir esa lavashak sanoat usulida ham ishlab chiqariladi. Nomi Lavashak nomi forscha „لواش“ (lavosh) soʻzidan kelib chiqqan. Lavash – Eron, Armaniston va ayrim boshqa Osiyo mamlakatlarida uchraydigan anʼanaviy yupqa non turi hisoblanadi. Fors tilidagi „-ak“ qoʻshimchasi kichraytirish maʼnosini bildirgani sababli, lavoshak soʻzi taxminan „kichik non“ deb tarjima qilinadi.

Tarixi

Lavashakning Eron hududida ilk paydo boʻlishi Ahamoniylar davriga (miloddan avvalgi 550–330-yillar) borib taqaladi. Oʻsha davrda lavashak harbiy yurishlar va savdo safarlarida uzoq saqlanadigan oziq-ovqat sifatida ishlatilgan. Qadim zamonlarda eronliklar yirik mavsumiy mevalardan lavashak tayyorlanib, uni yil davomida isteʼmol qilganlar.

Oʻrta asrlarda lavashak bayramlar va diniy marosimlarda isteʼmol qilinadigan mashhur gazak sifatida tanilgan. U quvonch ramzi sifatida qaralgan.

Qojarlar davrida lavashak tayyorlash va isteʼmoli yanada kengaydi. Eron hududida kichik lavashak ishlab chiqarish sohasi shakllanib, uni bozorga yetkazib berish uchun yangi usullar yaratildi. Bu davrda lavashak bayramlar va oilaviy tadbirlarda ommabop sovgʻa sifatida qoʻllanilgan.

20-asrga kelib, zamonaviy texnologiyalar va yangi ishlab chiqarish hamda qadoqlash usullarining joriy etilishi bilan Eronning lavashak sanoati yanada rivojlandi. Bu davrda yirik lavashak ishlab chiqaruvchi korxonalar paydo boʻldi va lavashak xorijda ham ommabop oziq mahsulotiga aylandi.

Manbalar

Turkum:Eron oshxonasi Turkum:Quruq taomlar