Hasan Rami posho (1842–1923) – Usmoniylar admirali va sulton Abdulhamid II hukmronligi davridagi dengiz floti vaziri. Keyinchalik Yunon-turk urushida (1897) ham ishtirok etgan.

Hayoti Hasan Rami 1842-yilda Selanikda (hozirgi Saloniki, Gretsiya) turk oilasida tugʻilgan. 1856-yilda dengiz akademiyasini tamomlagach, dengiz ofitseri etib tayinlangan. Rus–turk urushi (1877–1878) davrida u harbiy kema qoʻmondoni boʻlgan. 1882-yilda esa dengiz floti qoʻmondoni etib tayinlangan. Uch yildan soʻng sulton Abdulhamid IIning adyutanti etib tayinlangan. 1897-yilda Yunon–turk urushi (1897) arafasida unga Dardanell boʻgʻozini himoya qilish vazifasi yuklatildi. 1906-yilda dengiz floti vaziri etib tayinlandi. Biroq oradan ikki yil oʻtib, Yosh turklar inqilobidan soʻng uni hokimiyatni qoʻlga olgan Ittifoq va taraqqiyot qoʻmitasi tarafdorlari isteʼfoga chiqardi. Uning ustidan sud qilindi va unvoni pasaytirildi. Hasan Rami umrining oxirgi yillarini Istanbulda oʻtkazdi va 1923-yilda vafot etdiOsman Özdeş:Hasan Rami Paşa ve Hatıratı, Alfa Yayınları, İstanbul, 2013, .

Dengiz flotidagi muammolar 1876-yilgacha hukmronlik qilgan sulton Abdulaziz kuchli dengiz flotini yaratishga harakat qilgan. XIX asrning oʻrtalarida Usmoniylar floti dunyodagi eng kuchli flotlardan biri ediGabor Agoston-Bruce Masters: Encyclopaedia of the Ottoman Empire, p.429. Ammo Abdulhamid II hech qanday dengiz faoliyatiga ruxsat bermagan. Rus–turk urushidan soʻng qariyb 20 yil davomida flotta mashgʻulotlar, manevr yoki texnik xizmat koʻrsatishlar amalga oshirilmagan. Barcha harbiy kemalar Haliçda (Oltin Shox) eng oddiy tayyorgarliksiz qolgan. Ayrim fikrlarga koʻra, Abdulhamid dengiz zobitlarining harbiy toʻntarish uyushtirish ehtimolidan qoʻrqqan. Ammo Gretsiyaga qarshi urush oldidan Abdulhamid ehtiyot chorasi sifatida Usmoniylar flotini Dardanell bo‘g‘oziga yuborishga qaror qildi. (Gretsiya floti kichikroq boʻlsa-da, zamonaviyroq va Usmoniylar flotidan ustun ediLord Kinross:The Ottoman centuries, Translation by Meral Gaspıralı, Altın Kitaplar, İstanbul,2008, , p.577). Bu flotning qoʻmondoni boʻlgan Hasan Rami deyarli barcha kemalar va koʻplab qurollar jiddiy taʼmirtalab ekanini tezda aniqladi. Hasan Rami posho katta qiyinchilik bilan Dardanell boʻgʻozigacha yetib borgan boʻlsa-da, flot amalda ishga yaroqsiz holga kelganini koʻrdi. U batafsil hisobot tayyorlab, eski kemalarni taʼmirlash oʻrniga yangi harbiy kemalar sotib olishni taklif qildi. Shuningdek, flot haqida sultonga yuborilgan oldingi hisobotlar yolgʻon boʻlganini ham koʻrsatib oʻtdi.

Rauf Beyning tanqidlari

Hasan Rami poshoga boʻysunuvchi zobitlardan biri keyinchalik bosh vazir boʻlgan va Turkiya Mustaqillik urushining dastlabki kunlarida yetakchilardan biri sifatida tanilgan Rauf Bey edi. Rauf Beyning soʻzlariga koʻra, u Hasan poshoning islohotlariga katta umid bogʻlagan. Ammo Hasan posho dengiz floti vaziri etib tayinlangandan soʻng oldingidek faol shaxs emas, balki passiv siyosatchiga aylangani uni ranjitgan. Dengiz flotini isloh qilish boʻyicha hech qanday jiddiy choralar koʻrilmagan. Yosh turklar inqilobidan soʻng u flotning ayanchli ahvoli uchun ayblangan.

Hasan Rami poshoning xotiralari Keyinchalik Hasan Rami posho oʻzini oqlash maqsadida xotiralarini nashr ettirgan. 2013-yilda uning xotiralari Rauf Beyning tanqidlari bilan birga dengiz floti zobiti, tahrirchi Osman Öndeş tomonidan qayta nashr qilingan.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1841-yilda tugʻilganlar Turkum:1923-yilda vafot etganlar Turkum:Posholar Turkum:Usmoniylar imperiyasi admirallari Turkum:Salonikidan boʻlgan harbiy shaxslar