Jaz asri – bu 1920-yillardan 1930-yillarning boshlarigacha boʻlgan davr boʻlib, unda jaz musiqasi va raqs uslublari butun dunyo boʻylab mashhurlikka erishgan. Uning madaniy taʼsiri, avvalo, jazning vatani Qoʻshma Shtatlarda kuchli sezilgan. Asosan afro-amerikaliklar madaniyatidan kelib chiqqan va Yangi Orleanda paydo boʻlgan jaz, ushbu davrda keng koʻlamli madaniy oʻzgarishlarda muhim rol oʻynadi hamda uning ommaviy madaniyatga taʼsiri uzoq vaqt davom etdi.
Jaz asri ko‘pincha Shiddatli yigirmanchi yillar bilan birga tilga olinadi va Quruq qonun davri bilan sezilarli darajada madaniyatlararo o‘xshashlikka ega. Bu davrning rivojlanishiga mamlakat bo‘ylab radiotarmoqlarning keng joriy etilishi katta ta’sir ko‘rsatdi. Jaz asri, ayni paytda, rivojlanayotgan yoshlar madaniyatining shakllanishi bilan chambarchas bog‘liq edi. Shu harakat tufayli jaz madaniyati Yevropaga ham kirib bordi. Jaz asri Sving davri boshlanishidan oldin yakun topgan.
Tarixiy sharoiti „Jaz asri“ atamasi 1920-yilgacha xalq orasida allaqachon ishlatila boshlangan edi. 1922-yilda amerikalik yozuvchi F. Scott Fitzgerald ushbu atamani yanada mashhur qildi. U „Jaz asri ertaklari“ (Tales of the Jazz Age) nomli hikoyalar toʻplamini nashr ettirdi.
Jaz musiqasi
Jaz – 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida AQShning Luiziana shtatidagi Yangi Orlean shahrining qora tanli amerikalik jamoalarida paydo bo‘lgan va blyuz hamda regtaym ildizlaridan rivojlangan musiqa janridir. Yangi Orlean ko‘plab madaniyat va e’tiqodlar tutashgan port shahri bo‘lgani sababli, jaz rivojlanishi uchun zarur madaniy muhitni yaratdi. Yangi Orleanda turli madaniyat va irqlarga mansub odamlar ko‘pincha yonma-yon yashagani sababli, madaniy almashinuv kuchli bo‘lgan. Bu esa shaharda faol musiqiy muhitni rivojlantirishga yordam berdi. Yangi Orleanda jazning rivojlanishiga kreol musiqasi, regtaym va blyuz ta’sir ko‘rsatdi.
Ko‘pchilik uchun jaz “Amerikaning klassik musiqasi” hisoblanadi. 1920-yillarning boshlarida Yangi Orlean, Chikago va Nyu-Yorkda paydo bo‘lgan dastlabki jaz uslublari ba’zan “diksilend jaz” deb ataladi. 1920-yillarda jaz musiqiy ifodaning asosiy shakli sifatida tan olindi. U mustaqil, lekin o‘zaro bog‘liq bo‘lgan an’anaviy va ommabop uslublarda rivojlandi. Ularning barchasi afro-amerikalik va yevropa-amerikalik musiqiy an’analarining uyg‘unlashuvidan kelib chiqqan edi. Jaz Afrika an’analaridan o‘zining ritmini, “blyuz”ni va o‘ziga xos ifodali tarzda chalish yoki kuylash an’analarini oldi. Yevropa an’analaridan esa garmoniyasi va cholg‘u asboblarini o‘zlashtirdi: "It is here that we find one of the white, or European, influences upon American Negro music; it is the central one, I think, and the one which has the most to do with the birth of jazz. We may call it—as I have called it heretofore—the instrumentalizing of the human voice.".
Armstrong Lui Daniel improvizatsion yakkaxonlikni asarning markaziga olib chiqib, Yangi Orlean jazining asl polifonik ansambl uslubini o‘zgartirdi. Jaz odatda sving va blyuz notalari, chaqiriq va javob vokallari, poliritmlar va improvizatsiya bilan ajralib turadi. Tanqidlar Bu davrda jaz axloqsizlik ramzi sifatida tanila boshladi va keksa avlodning ko‘pchiligi uni eski madaniy qadriyatlarga tahdid soluvchi hamda 20-yillarning yangi buzuq qadriyatlarini targ‘ib qiluvchi hodisa deb hisoblardi. Prinston universiteti professori Henry van Dyke shunday yozgan edi: “Bu umuman musiqa emas. Bu shunchaki eshitish asablarini qitiqlovchi, jismoniy ehtiros torlarini erkalovchi bir ta’sir xolos”. O‘sha yillardagi ommaviy axborot vositalari ham jazni salbiy tarzda yoritdi. Masalan, The New York Times 1920-yillarda jazni G‘arb sivilizatsiyasi tanazzulining, italiyalik tenorlar ijrosi sifatining pasayishining, hatto Vengriya bilan savdo muvozanati yomonlashuvi, bir klassik musiqachining yurak xurujidan o‘limi hamda Sibir ayig‘ining qo‘rqib ketishi kabi turli oqibatlar uchun ayblagan edi.
Manbalar
Mavzuga oid adabiyotlar
Derived from
Adabiyotlar
See The Crack-Up.
Havolalar
The Jazz Age In America Roaring Twenties from U S History.com
Turkum:1920-yil neologizmlari Turkum:Jaz madaniyati