Dono Momomo - Oʻzbekistonda ishlab chiqilgan taʼlimiy va koʻngilochar animatsion serial. Loyiha United Soft Animation Studio tomonidan yaratilgan. Serialning ilk qismi 2021-yil 4-yanvarda YouTube platformasida eʼlon qilingan.

Mazmun Serialda qalam shaklidagi personajlar - Dono, Sariqvoy, Jigar, Yashil, Koʻk, Pushti va Momomo ishtirok etadi. Ular har xil qiziqarli holatlarga tushib, bolalarga foydali maʼlumotlar va ijobiy xulq-atvor namunalarini koʻrsatishadi. Har bir qismda ranglar, shakllar, hayvonlar, mevalar, tabiat va atrof-muhitga oid mavzular sodda, tushunarli va musiqiy tarzda yoritiladi.

Ishlab chiqarish Loyiha ustida quyidagi ijodiy jamoa ishlagan:

Rejissorlar: Lazizxon Gʻaniyev, Jasur Xudoyberganov Ssenariy mualliflari: Jasur Xudoyberganov, Habibullo Lutfullayev Bastakor: Sherzod Mardiyev Vizualizatsiya: Ravshan Nigmatov Gʻoya mualliflari: Boisxon Gʻaniyev, Lazizxon Gʻaniyev, Maqsudxon Gʻaniyev, Omon Rahimov, Aziz Sobirov Ijrochi prodyuserlar: Boisxon Gʻaniyev, Lazizxon Gʻaniyev Bosh prodyuser: Omon Rahimov Art direktor: Begzod Fayozov.

Tarqatilish Serial Dono Momomo nomi bilan YouTube platformasida eʼlon qilib boriladi Shuningdek, 2024-yilda Oʻzbekiston milliy bolalar telekanali - Aqlvoy TV efirida ham namoyish qilingan.. Loyiha bir necha tilda tarjima qilingan: ingliz, ispan, rus va qozoq tillarida ham mavjud. Ispan tilidagi versiya Dono Momomo LATAM nomi bilan yuritilib, 2025-yil holatiga koʻra 400 mingdan ortiq obunachiga ega.

Qabul 2025-yil noyabr holatiga koʻra, Dono Momomo YouTubeʼdagi koʻrishlar soni 370 milliondan oshgan, obunachilar soni esa 710 mingdan ortiq. Serial Oʻzbekistonda yaratilgan animatsion loyihalar orasida koʻp tilda tarjima qilingan kontentlardan biri hisoblanadi.

Manbalar

Tashqi havolalar

Dono Momomo — rasmiy YouTube kanali Dono Momomo LATAM (ispancha versiya) Dono Momomo — Instagram United Soft Animation Studio rasmiy sayti "Dono Momomo" — Aqlvoy TV dastur jadvali (30.10.2024) "Dono Momomo" — Aqlvoy TV efiri (10.12.2024) "Dono & Momomo multserial" — ITV.uz sahifasi "Dono & Momomo (Oʻzbek tilida)" — YouTube