Muhammad Afifiy Matar (; 1935 – 28-iyun 2010) – misrlik shoir. U Nil deltasidagi Menufiya mintaqasining Ramalat al-Anjab qishlogʻida tugʻilgan. U Menufda maktabda oʻqigan va keyin Qohiraga koʻchib oʻtgan va u yerda Ayn Shams universitetida falsafa yoʻnalishi boʻyicha tahsil olgan.
Yoshligi Anvar Sadat hukmronligi davrida Matar harbiy rejim sabab yuzaga kelgan qiyinchiliklar tufayli Misrni tark etib, Iroqda bir necha yil yashagan. Ushbu oʻzini oʻzi surgun qilish davrida u shoirlik faoliyatini davom ettirgan va al-Aqlam nomli adabiy jurnalda ishlagan. U shuningdek, Misr Baʼs partiyasi aʼzosi va 1991-yil aprel oyida hukumatga qarshi fitnada ishtirok etishda ayblangan olti kishidan biri ediEdward Mickolus, 2009.
Faoliyati Matar zamonaviy arab shoirlarining eng murakkab vakillaridan biri sifatida tan olingan. Olim va tarjimon Ferial Gʻazoul shunday tarifgan: „Muhammad Afifiy Matar […] sheʼriyati murakkabligi va sheʼriyatidagi koʻp maʼnoliligi bilan tanilgan. U boshqa adabiy maktablar va guruhlardan alohida yoʻl tutgan shoirlar shoiridir. Uning ovozi ehtirosli va noyobdir.“Ferial Ghazoul & Afifi Matar, Alif, 2007 Shoir va tarjimon Desmond OʻGrady uni „zamonaviy arab tilidagi eng murakkab shoirlardan biri“ deb atagan.
Mukofotlar va unvonlar Matar Yaqin Sharqda koʻplab madaniy mukofotlar, jumladan, nufuzli Al-Uvays mukofotini olgan. U hayoti davomida oʻnlab sheʼriy toʻplamlarni nashr ettirdi. Uning Quartet of Joy sheʼriy toʻplami Ferial Gʻazoul va John Verlenden tomonidan tarjima qilingan va Arkansas Arab Tarjima mukofotiga sazovor boʻlgan. U shuningdek, Ann Parker tomonidan olingan fotosuratlar bilan Misr Nil deltasidagi shafaq koʻrinishlari nomli badiiy kitobga matn yozgan. U 1986-yilda shoir Abdulgʻani Mustafa Abdulgʻani bilan birga Kfrazayat shahrida ham eʼtirofga sazovor boʻlgan.
Oʻlimi Afifiy Matar Qohirada jigar muammolari sabab vafot etgan.
Manbalar
Turkum:1935-yilda tugʻilganlar Turkum:2010-yilda vafot etganlar Turkum:20-asr Misr shoirlari Turkum:20-asr Misr erkak yozuvchilari Turkum:Ayn Shams universiteti bitiruvchilari Turkum:Mislik erkak shoirlar