Ganja jangi 1046-yilda sodir boʻlgan jang. Bu jangda imperator Konstantin IX Liparit boshchiligida Kavkazga yuborgan Vizantiya qoʻshini Qutalmish qoʻmondonligidagi saljuqiylar lashkari bilan toʻqnashgan.
Vizantiya imperatori Konstantin IX Kavkazga qoʻshin yubordi. Bu qoʻshinga Gruziyaning Kldekari gersogi Liparit IV qoʻmondonlik qilgan. Imperatorning maqsadi oʻz chegaralarini himoya qilish hamda mintaqani beqarorlashtirgan Saljuqiylar bosqinlarini bartaraf etish ediThe Islamic World in Ascendancy: From the Arab Conquests to the Siege of Vienna. Martin Sicker. Greenwood Publishing Group. 2000.Ayşe Beyza ERCAN. "THE BYZANTINE EMPIRE IN THE KINGDOM OF GEORGIA’S FOREIGN POLICY IN THE 11th CENTURY". Karadeniz Araştırmaları Enstitüsü Dergisi 11:331-344.. Bunga javoban Toʻgʻrulbek Qutalmish qoʻmondonligida qoʻshin yubordi.
Liparit qoʻmondonligidagi Vizantiya qoʻshini Divin tomon yoʻl oldiToksoy, A. (2020). Selçukluların Batı (İran) Harekâtı . Atatürk Üniversitesi Türkiyat Araştırmaları Enstitüsü Dergisi, - (68), 367-376 .F. İnce, "SELÇUKLU-ERMENİ İLİŞKİLERİNDE MİLLET-İ SADIKA’NIN İZLERİ", Uluslararası Türkçe Edebiyat Kültür Eğitim (TEKE) Dergisi, vol. 5, no. 1, pp. 0-0, Mar. 2016. 1046-yilda ikki qoʻshin Ganja shahri devorlari oldida toʻqnashdi. Jangda vizantiyaliklar saljuqiylardan jiddiy magʻlubiyatga uchradi.
Manbalar
Turkum:Saljuqiylar imperiyasi ishtirok etgan janglar Turkum:Vizantiya imperiyasi ishtirok etgan janglar Turkum:1046-yil ziddiyatlari Turkum:Gruziya — Saljuqiylar urushlari janglari