Sami Posho al-Foruqiy (1861–1911) – Usmoniylar imperiyasining davlat arbobi. 1861-yilda Bag‘dod shahrida tugʻilgan. Turkiya harbiy akademiyasi va Istanbuldagi Harbiy akademiyani tamomlagach, 1887-yilda armiya safiga shtab-kapitan sifatida qoʻshilgan. Uzoq yillar davomida Berlinda harbiy attashe sifatida xizmat qilgan. Keyinchalik Yamandagi qoʻzgʻolonni bostirish uchun yuborilgan. 1906-yilda Al-Qosimdagi turk qoʻshinlariga boshchilik qilgan, biroq Saudiylar bosimi ostida hududdan chiqib ketishga majbur boʻlgan.
1908-yil 27-dekabrda Sami al-Faruqiy Usmoniylar senati aʼzoligiga tayinlangan. 1908-yildan 1909-yil 16-aprelgacha Zaptiye vaziri (Ichki xavfsizlik vaziri) lavozimida ishlagan.. Posho Havron druz qoʻzgʻolonini bostirish uchun tuzilgan qoʻshin qoʻmondoni etib tayinlangan. Biroq u qoʻzgʻolon davomida ogʻir kasal boʻlib qolgan va 1911-yilda Damashqda vafot etgan.
Izohlar
Manbalar
Turkum:Usmoniylar harbiy akademiyasi bitiruvchilari Turkum:1911-yilda vafot etganlar Turkum:1861-yilda tugʻilganlar Turkum:Usmoniylar imperiyasi kishilari Turkum:Usmoniylar senati aʼzolari